Xalq deputatlari mahalliy kengashlarida sud raislari axboroti eshitilishidan foyda yo‘q. Bu eshituvlar:

A) O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan maqsad va ko‘z ilg‘amas muddaolarimizga muvofiq emas;

B) Nafsiz, natijasiz;

V) Yuzaki, rasmiyatchilik uchun;

G) Sud-huquq sohasidagi islohotlarimizning umumiy negiziga mos kelmaydi;

D) Korrupsiya holatlarini keltirib chiqaradi;

...Ya) Bunday eshituvlardan voz kechish maqsadga muvofiq.

Endi har bir so‘zga emas, har bir bandga javob izlaymiz...

A) O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan maqsad va ko‘z ilg‘amas muddaolarimizga muvofiq emas?

Javob: O‘zbekiston Konstitutsiyasining 106-moddasiga ko‘ra, O‘zbekistonda sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. 107-moddada esa, «O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma'muriy sudlardan iboratdir», deyilgan.

Demak, sizda «Nega Parlament (oliy vakillik organi)ga Oliy sud hisobdor? Mahalliy vakillik organiga joylardagi sudlar axborot bermasligi kerak?», degan savollar bo‘lishi tabiiy.

Lekin quyidagilarga ham e'tibor qaratish kerak:

Sud hokimiyatining oliy idorasi – Oliy sud, sud tizimi – sud hokimiyati nomidan Parlament (oliy vakillik organi)ga hisob berar ekan, Parlament faoliyatini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qonunlar (Konstitutsiyaviy qonunlar, menimcha barmoq bilan sanarli ekanini barchamiz bilamiz, shuning uchun ham ularning yuridik kuchi oddiy qonunlarnikidan ko‘p-da)da Parlament, deputatlar so‘rovlari, eshituv savollari