Biz köpinça biror narsa haqida köp gapirilayotganini, qonun, farmon yoki qaror qabul qilinayotganini, qandaydir tuzilmalar taşkil etilayotganini, ularga tegişli kampaniyabozlikni göyo şu bilan muammolar hal bölib qoladiganday qabul qilamiz, döppimizni osmonga otamiz, kimlarningdir otini turlaş-tuslaşga tuşib ketamiz.

Biroq oradan 30 yil ötib qarasakki, heç narsa özgarmabdi: hammom ham öşa-öşa, tos ham öşa-öşa.

Agar qonun yoki farmon qabul qilinişi bilan iş bitganda, davlat tiliga 2005 yilda, lotin alifbosiga esa 2010 yilda töliq ötib ketgan bölar edik. Şuning uçun kampaniyabozlikka işonmasdan, haqqimizni talab qilmas ekanmiz, bundan keyin ham vaziyat özgarişi qiyin. Bu – masalaning faqat özimizga tegişli bir jihati, xolos.

Undan ham kam bölmagan yana bir taşqi ta'sir omili bor. U ham bölsa, Rossiyada neoimperialistlar qayta boş kötarayotgani va jon-jahdi bilan sobiq SSSRni tiklaşga urinayotganidir. Buning uçun Moskva «arsenali»dagi barça vositalar işga solinmoqda: qöşni respublikalar hududi Rossiyaniki deb da'vo qilinmoqda, «russentrizm» yöriğiga yurmayotganlarga har xil iqtisodiy bosimlar ötkazilmoqda (Moldova, Gruziya, qisman Özbekiston), til siyosati masalasida ularning içki işlariga aralaşilmoqda (Ukraina, Moldova, Özbekiston).

Yaqindagina kuzatilgan pomidorga taqiq yoki rus siyosatçilari hadeb Özbekistonni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirişga undayotgani – bunday xatti-harakatlarning körinişlaridir.

Yana şuni ham qayd etiş joizki, yangi mustaqil respublikalarda neoimperialistlarning bu oçköz talablariga «labbay» deb javob beradigan sovetparastlar ham, hokimiyatda qoliş uçun Moskvaga yon berişga tayyor siyosatçilar ham, afsuski, istagança topiladi.

Bundan 3–4 yil oldin Rossiyaning öz ta'biri bilan aytganda, ismi özbek bölgan «çet el agentlari»ning uşbu mamlakat taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning Özbekistonga safari oldidan rus tilining maqomini oşiriş talabini özbek hukumati oldiga qöyişni sörab qilgan murojaatini eslaylik.

Eng açinarlisi, sönggi paytlarda til masalasida ham yon beriş, ya'ni rus tilini ikkinçi rasmiy til sifatida saqlab qoliş, ayrim atamalarni Kremlga yoqiş uçun rusçalaştiriş, milliy til davlat tili sanalgan mamlakatlarda rus tilining qöllaniş doirasini kengaytirişga uriniş, possovet respublikalari rahbarlarining nafaqat çet mamlakatlar vakillari bilan rus tili orqali muzokara qiliş, hatto öz xalqiga rusça murojaat qiliş hollari ham uçramoqda. Bu tamoyilga aylanib ketayotgani yomon.

Şuning uçun tez orada davlat tili haqidagi qonun yangi tahrirda qabul qilinib, uning talablarini buzganlik uçun tegişli javobgarlik çoralari aniq belgilanib, issiğida lotin alifbosiga ötib ketilmasa, hozirgi ikki alifboli şarmandali holat uzoq saqlanib qolaveradi, çunki sönggi yillarda Rossiyaning possovet makoni, xususan, Markaziy Osiyo respublikalariga bosimi tobora ortib bormoqda. Modomiki, hukumat Özbekistonning YeOIIga kirişi yuzasidan Rossiya bosimiga javoban tilni rivojlantiriş haqida hujjatlar qabul qilib, Vazirlar Mahkamasi qoşida Davlat tilini rivojlantiriş departamentini tuzgan ekan, milliy tilni asrab qoliş va rivojlantiriş nafaqat millatning kötarilişiga, qolaversa, neoimperialistlarning bosimiga qarşi turişga xizmat qilişiga işongisi keladi odamning.