Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sahrodan chiqqan "Changli tuman" Ispaniyaning sharqiy qismiga yetib bordi
Ispaniyaning Davlat meteorologik agentligi (Aemet) mamlakat sharqiy qismida yashovchilarni Sahroi Kabirdan yaqinlashib kelayotgan qum bo‘ronidan ogohlantirdi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, chang va qum bo‘ronini Mursiya, Valensiya va Balearlar ko‘proq his qilishlarini ta'kidladilar.
Bundan tashqari, Murcia hukumati, mahalliy Onda Regional radiosining xabar berishicha, havoning ifloslanishi oshgani sababli protokollarni faollashtirgan. Ularning ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ushbu daraja kechki yomg‘irga qaramay, 22 fevralga qadar pasaymaydi. Aholiga uzoq vaqt ochiq havoda qolmaslik va ochiq sport turlaridan qochish tavsiya etiladi.
Mamlakat meteorologlari tabiiy hodisaning Aragon va Kastiliya-la-Manchaga yetib borishini ham istisno etmaydilar.
Bungacha Afrikaning “changli tumani” Kanar orollariga parvozlarning bekor qilinishiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026