Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Eng katta maqsadim – ularni qaytarib olib kelish». Prezident xorijda ishlab yurgan fuqarolarni qaytarish haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangandagi kichik sanoat zonasiga tashrifi davomida bu yerdagi korxonalardan birining ishchilari bilan suhbatlashdi.
«Maxsus rakurs» ko‘rsatuvida xabar qilinishicha, davlat rahbari bandlikni oshirish, xorijda ishlab yurgan fuqarolarni qaytarish, mehnat sohasidagi gender tenglik haqida gapirdi.
«Hali ko‘plab fuqarolarimiz, sizlarning qo‘shnilaringiz, ko‘plaringning turmush o‘rtoqlaring chetda yuribdi. Mening eng katta maqsadim - qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ularni sekin-sekin o‘zimizning bag‘rimizga, o‘zimizning mahallamizga, o‘zimizning ko‘chamizga, o‘zimizning uyimizga qaytarib olib kelish. Og‘ir, lekin baribir shu marralarni qo‘yishimiz kerak», - dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev korxona rahbari bilan suhbatda ayollarning ishlashini taqiqlaydigan erkaklar haqida to‘xtaldi. Prezident bunday holatlar bilan yangi ish o‘rinlari va munosib mehnat sharoitlarini yaratish orqali kurashish kerakligiga urg‘u berdi.
«Eri ruxsat bermasa, deyapti. Namanganda hozir mana shu ibora paydo bo‘lyapti, bu ibora bilan ham kurashishimiz kerak. Nega desangiz, hamma teng bo‘lib, ayollarimizni munosib ish bilan ta'minlab, mana, sizga o‘xshagan zabardast... 20-30 nafar xotinga ko‘makchi bo‘lsa bo‘ldi, mening hamma yumushim kerak emas, men davlat ishlari bilan shug‘ullanaveraman», - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026