Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hatto Yaqin Sharqdagi qirollik oilalarida ham bunaqasi yo‘q» – Abramovich 145 metrli yaxtaga ega bo‘ladi
Solaris sakkizta paluba, lift, sport zali, vertolyot maydonchasi, jakuzi, basseyn, vertolyotlar angariga ega. Ma'lumot berilishicha, yaxtaning qiymati 450 mln yevrogacha borishi mumkin.
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich bu yil uzunligi 145 metrli yaxtaga ega bo‘ladi. Bu haqda Forbes o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Solaris deb nomlanuvchi ushbu yaxta Germaniyaning Lloyd Werft kemasozlik kompaniyasi tomonidan qurilmoqda. 2010 yilda Abramovichning uzunligi 115 metrli Luna yaxtasi xuddi shu yerda qurilgan, keyinchalik rossiyalik yana bir milliarder Farhod Ahmedovga sotib yuborilgandi. Abramovichga shuningdek, uzunligi 162,5 metrli Eclipse yaxtasi ham tegishli.
Solaris sakkizta paluba, lift, sport zali, vertolyot maydonchasi, jakuzi, basseyn, vertolyotlar angariga ega. Yaxtada 36 nafargacha yo‘lovchi va 60 kishilik ekipajni sig‘dira oladigan 48ta kayuta joylashgan. Forbes suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, yaxta kelasi haftada suvga tushiriladi.
Yaxta uchun ikkita Airbus ACH145 vertolyotiga buyurtma berilgan, dedi suhbatdoshlardan biri.
«Solaris eng yirik va eksklyuziv «eksplorer» bo‘ladi. Boshqa bunday kema yo‘q va hali-beri paydo bo‘lmaydi. Hattoki Yaqin Sharqdagi qirollik oilalarida ham bunaqasi yo‘q», — deb ta'kidladi Yacht Harbour kompaniyasi asoschisi Dmitriy Semyonixin.
Smart Yachs kompaniyasi asoschisi Yuliya Skopsovaning so‘zlariga ko‘ra, yaxtaning qiymati 450 mln yevrogacha borishi mumkin. Uning aytishicha, Solaris olti yil davomida qurilgan.
Mavzuga oid
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
21:21 / 16.03.2026
«Chelsi» Abramovich davridagi qoidabuzarliklar uchun 10 mln funt jarimaga tortildi
22:28 / 17.12.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan olgan daromadini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishni talab qildi
15:15 / 31.10.2025