Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abramovich Germaniyadagi So‘l partiyani sudga berishi mumkin
Abramovich yuristlarining ta’kidlashicha, «So‘llar partiyasi huzuridagi Ekologik platforma» saytidagi maqolada tilga olingan superyaxta, samolyot, vertolyotlar va suvosti qayig‘i unga tegishli emas. Oligarx bu ma’lumotlarni olib tashlashni talab qilmoqda.
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich to‘rt yil oldingi maqola munosabati bilan Germaniyaning «So‘llar» partiyasiga sudga berish bilan tahdid qilmoqda. Unda Abramovich «eng katta uglerod izi qoldirayotgan milliarderlar» ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallashi aytilgan edi. Bu haqda 30 oktyabr kuni Rheinische Post gazetasi xabar berdi. Nashrga ko‘ra, biznesmen advokatlari partiyaga ogohlantirish xati yuborgan.
Xatda qayd etilishicha, 2021 yilda «So‘llar partiyasining Ekologik platformasi» saytida chop etilgan «Xususiy samolyotlar, villalar va superyaxtalar» sarlavhali maqolada milliarder haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar berilgan. Xususan, unda Abramovichga «162,5 metrlik superyaxta (dunyodagi to‘rtinchi eng kattasi)», xususiy Gulfstream G650 samolyoti, ikkita vertolyot va suvosti qayig‘i tegishli ekani, ulardan foydalanish uni «ro‘yxatdagi eng katta atrof-muhit ifloslantiruvchi»ga aylantirayotgani aytilgan.
Rheinische Post’ning yozishicha, nashr qo‘lidagi advokatlar ogohlantirish xatidan ko‘chirmada Abramovich ushbu transport vositalariga egalik qiladi degan iddaolar rad etiladi. Partiyadan qonunga xilof harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi majburiyatnomani imzolash talab qilingan.
Gazeta ma’lumoticha, «So‘llar» partiyasi rossiyalik oligarx talabi oldida chekinmoqchi emas. Da’volarni «umuman asossiz» deb baholagan partiya yuristlari javob xatda shunday yozgan: «Maqolada keltirilgan iddaolar haqiqatga to‘g‘ri keladi, chunki 2021 yil holatiga ko‘ra ushbu obektlarning mijozingizga iqtisodiy aloqadorligi yaxshi hujjatlashtirilgan, jumladan rasmiy hukumat manbalarida ham».
Hodisaga izoh bergan «So‘llar» partiyasi hamraisi Yan van Aken Rheinische Post’ga shunday dedi: «Tasavvur qiling: bu oligarx Abramovich villalaridan birida basseyn yoqasida o‘tiribdi — yoki qayerda bo‘lmasin — partiyamizning Ekologik platformasi saytiga kiradi-da: da’vo kiritaman, deb o‘ylaydi».
Van Aken partiya kurashga tayyor ekanini urg‘uladi: «Agar janob Abramovich haqiqiy aktivlarini nemis sudida ochiqlashni xohlasa va bizga dars bermoqchi bo‘lsa, mamnuniyat bilan bu jangga kirishamiz. U nimaga egaligini aniq bilish biz uchun chinakam qiziq — shunda shulardan qaysilarini Ukrainani tiklash yo‘lida musodara qilish mumkinligini ham tushunamiz».
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026