Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Chexiyada COVID-19 bilan kasallanganlarni Germaniya klinikalariga taklif qildi
Germaniya kansleri Angela Merkel Chexiyadagi koronavirus bilan kasallangan bemorlarni Germaniya klinikalariga joylashtirishni taklif qildi, dedi Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish.
“Bizda rejasiz telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Kansler xonim Chexiya Respublikasidan COVID-19 bilan kasallanganlarni Germaniya klinikalariga yotqizish uchun joylarni taklif qildi”, dedi Babish.
Babishning ta'kidlashicha, gap Saksoniya va Bavariyadagi kasalxonalarga tegishli. Bosh vazirning ta'kidlashicha, hozirda bemorlarni olib borish rejada yo‘q, chunki Chexiya klinikalarida hali bo‘sh joylar mavjud.
Chexiyada koronavirus infeksiyalari soni ko‘paymoqda. So‘nggi 24 soat ichida rekord darajada, 1329ta og‘ir ahvolda bo‘lgan odamlar kasalxonaga yotqizildi. Jami 1,1 mln yuqumli kasalliklar aniqlangan, 19,5 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
19:55 / 15.12.2021
Hech qachon xafa bo‘lmaydi, hech qachon jazavaga tushmaydi. Germaniyaning yangi kansleri haqida
19:59 / 07.12.2021
Dunyoning eng nufuzli ayollari reytingida 11 yil ichida ilk bor yetakchi o‘zgardi
09:41 / 05.12.2021
Merkel Germaniya xalqiga so‘nggi bor murojaat qildi
10:29 / 03.12.2021