Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
25 fevralda O‘zbekistonda sovuq ob-havo bӯladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi
25 fevralda O‘zbekistonda sovuq ob-havo bӯladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Respublika bo‘yicha ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Janubiy va sharqiy tumanlarda shamol 17-22 m/s gacha, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduz kuni 2-7 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha pasayadi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-5 daraja sovuqqacha pasayadi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba'zi joylarida qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 17-22 m/s gacha, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15 daraja sovuq atrofida bӯladi.
Yog‘ib ӯtgan yog‘ingarchiliklar va havo harorati kechalari 7-12 daraja sovuqqacha, shimolda esa 17-22 daraja sovuqqacha pasayishi hisobiga yӯllarda yaxmalak hosil bӯlishi mumkin.
Mavzuga oid
12:46 / 13.07.2026
Anomal issiq hafta
11:32 / 13.07.2026
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda
20:54 / 12.07.2026
Toshkentda kuyindi hidining paydo bo‘lishiga ob-havo sharoitining o‘zgarishi sabab bo‘lgani aytildi
13:57 / 12.07.2026