O‘zbekiston | 08:26 / 26.02.2021
6216
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada «Lacetti-2» va «Matiz» to‘qnashishi oqibatida ikki ayol hayotdan ko‘z yumdi

Joriy yilning 23 fevral kuni fuqaro Q.Sh. “Lacetti-2” avtomashinasini Vodil-Farg‘ona avtomobil yo‘lining Farg‘ona tumanidan o‘tgan 7-km.da boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi S.I. boshqaruvidagi “Matiz” avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada “Matiz” avtomashinasidan uchqun chiqib yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi - ayol kishi hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, “Matiz” yo‘lovchisi bo‘lgan yana bir ayol shifoxonada vafot etgan. Har ikki mashina haydovchilari tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Lacetti-2” avtomashinasi haydovchisi protsessual tartibda ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid