Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota Yaponiyada kelajak shahrini qurishni boshladi
Shaharda harakatlanadigan transport vositalarining asosiy qismini Toyota ishlab chiqargan e-Palette elektromobillari tashkil etadi.
Toyota Yaponiyada sun'iy ong va robototexnika sohasidagi eng ilg‘or texnologiyalar joriy etiladigan aqlli shahar qurilishini boshladi.
Woven City (To‘qilgan shahar) deb nomlanuvchi mazkur kelajak shahri Tokiodan 100 kilometr uzoqlikda, Fudzi tog‘i etagida joylashadi. Uning maydoni 71 gektarni tashkil etadi.
Shaharda uch turdagi yo‘l bo‘ladi. Birinchi yo‘l piyodalar, ikkinchi yo‘l elektr samokatlar va uchinchisi avtomobillar uchun mo‘ljallangan. Shaharda harakatlanadigan transport vositalarining asosiy qismini Toyota ishlab chiqargan e-Palette elektromobillari tashkil etadi.
Shaharda dastlabki bosqichda turli yoshdagi 360 nafar kishi hamda kompaniyaning ikki mingga yaqin xodimi va olimlar oilalari bilan istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
07:52 / 09.12.2025
Toyota yetakchi, BYD shiddat bilan yaqinlashmoqda: dunyo avtobozori reytingi
09:00 / 15.11.2025