Jahon | 18:08 / 27.02.2021
7469
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy bir hafta ichida Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risida e'lon qilishga va'da berdi

Psakining so‘zlariga ko‘ra, gap 2020 yildagi AQSh prezidentligi saylovlariga Rossiyaning ehtimoliy aralashuvi, amerikalik askarlarning o‘ldirilishi uchun mukofot va'da qilinishi va AQSh hukumat muassasalariga qilingan hakerlik hujumlarini o‘rganishni o‘z ichiga olgan «jarayon» to‘g‘risida bormoqda.

Foto: REUTERS/Carlos Barria

Amerika hukumati Rossiyaga qarshi ehtimoliy sanksiyalar to‘g‘risidagi ma'lumotni «oylar emas, bir hafta ichida» taqdim etadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki ma'lum qildi.

Psakining so‘zlariga ko‘ra, gap 2020 yildagi AQSh prezidentligi saylovlariga Rossiyaning ehtimoliy aralashuvi, amerikalik askarlarning o‘ldirilishi uchun mukofot va'da qilinishi va SolarWinds dasturiy ta'minoti orqali AQSh hukumat muassasalariga qilingan hakerlik hujumlarini o‘rganishni o‘z ichiga olgan «jarayon» to‘g‘risida bormoqda.

Rossiya «Tolibon» harakatiga aloqador odamlarga amerikalik askarlarni o‘ldirishlari uchun mukofot taklif qilgani to‘g‘risida The New York Times gazetasi yozgandi.

SolarWinds kompaniyasining  Orion dasturi yordamida AQSh idoralariga hakerlik hujumi amalga oshirilgani haqida esa The Washington Post va Reuters xabar qilgandi. Keyinroq Amerika maxsus xizmatlari hujum Rossiya tomonidan tashkil qilingan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid