Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yangi bozorlarga eksportni oshirish yo‘lida sa'y-harakatlarni birlashtirishi mumkin
2021 yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bishkek shahriga amaliy tashrif doirasida Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘zaro manfaatli sohalarda sermahsul hamkorlik qilayotgani qayd etildi. O‘zbekiston va Qirg‘izistonning ko‘plab mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha mavqelari yaqin bo‘lib, bu ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida izchil hamkorlikni davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratayotgani e'tirof etildi.
Turli darajalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvlar jadvali va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Markaziy Osiyoda davlatlararo aloqalarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi. Hududlararo savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalar, innovatsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish, yangi bozorlarga eksport hajmini oshirish yo‘lida sa'y-harakatlarni birlashtirish muhimligi e'tirof etildi.
Qirg‘iziston tomoni joriy yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilindi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026