O‘zbekiston | 07:46 / 01.03.2021
5323
1 daqiqa o‘qiladi

1 mart kuni O‘zbekistonda iliq ob-havo kuzatiladi

Foto: KUN.UZ

1 martda kunduz kuni O‘zbekistonda bahoriy iliq ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-17 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid