Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda meteoxizmat samolyoti uylar ustiga quladi
Xitoyning Tszyansi provinsiyasi meteorologik boshqarmasiga qarashli yengil motorli samolyot Tszian okrugidagi turar joylar ustiga qulab tushdi. Ma'lum qilinishicha, voqea oqibatida boshqarmaning samolyotda bo‘lgan 5 xodimi halok bo‘lgan.
Yerda yana bir kishi jarohat olgan.
Boshqarma Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar qilishicha, Beechcraft B300 King Air 350 samolyoti bulutlarni kuzatish bo‘yicha parvoz amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot qulashi oqibatida uchta uyga zarar yetgan. Hozirda barcha jasadlar aniqlangan. Jarohat olgan kishi shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda aviahalokat sababi aniqlashtirilmoqda.