Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maoshlar pastligi korrupsiyaga sabab bo‘lmoqda - MTT tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha takliflar bildirildi
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan AOKAda o‘tkazilgan brifingda vazirlik axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva tizimda korrupsiyaning oldini olish maqsadida vazirlik ilgari surgan bir qator takliflarni aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, ular orasida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ishlovchi xodimlar va qatnovchi bolalar sonini aniq bilish hamda qo‘shib yozishlarning oldini olish maqsadida “Face ID” tizimini joriy qilish, tizim xodimlarining oylik maoshlari pastligi masalasini ko‘rib chiqish kabilar bor.
Bildirilishicha, maktabgacha ta'lim tizimida maoshlar pastligi hisobiga korrupsiya holatlari kelib chiqmoqda. Ma'lumot uchun, MTM oshpazi 680 ming so‘m, hisobchisi 1,6 mln so‘m, MTT rahbari 1,5 mln so‘m maosh olishi aniqlandi.
Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlariga belgilanayotgan narxlar nomutanosibligini o‘rganish ko‘zda tutilgan. Toshkentda bir kg mol go‘shti 44 ming, Qashqadaryoda 57 ming etib belgilangan. Agar narxlar baland belgilansa, mablag‘ noqonuniy tarzda o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi. Bozordan past belgilanishi esa sifatsiz mahsulot xaridiga olib keladi. Shuning uchun narx belgilashda me'yorni yo‘lga qo‘yish kerakligi aytiladi. MTTlarda yetkazib berilayotgan oziq-ovqat narxlarini sun'iy oshirmaslik maqsadida import oziq-ovqatlariga qo‘yiladigan ustama haqi foizlarini chegaralash lozim.
Ijtimoiy sohada amalga oshirilgan jinoyatlar uchun javobgarlik chorasini kuchaytirish va jazo muqarrarligi hamda ta'sirchanligini ta'minlash, tizimning barcha jarayonlariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, buxgalteriya hisob-kitobi va hisobot tizimini soddalashtirish va avtomatlashtirish orqali bir-birini takrorlayotgan ishlar hajmini kamaytirish ham taklif etilgan.
Mavzuga oid
18:05 / 07.05.2026
Xitoyning sobiq mudofaa vazirlari o‘lim jazosiga hukm qilindi
13:35 / 07.05.2026
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
08:21 / 07.05.2026
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
08:58 / 03.05.2026