Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirtqi bo‘lim talabasining bir oy bo‘lsa ham yotoqxonada yashashga ehtiyoji bor - Abduqodir Toshqulov
Bugun, 2 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tmoqda. Unda oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni turar joy bilan ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala muhokama qilinmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalarning yotoqxonalarga bo‘lgan ehtiyoji haqida ma'lumot berdi.
«Oliy ta'limda qabul kvotalari qariyb 3 baravarga oshdi, lekin talabalar yotoqxonalarida o‘rinlar soni atigi 25 foizga oshdi, xolos. Shuning uchun ko‘plab talabalar ijarada yashab, muammolarga duch kelmoqda. Hozirda respublikada 228ta talabalar turar joyida 58 ming talaba istiqomat qilyapti, 2017 yilda esa 194ta talabalar turar joyida 50,5 ming talaba yashagan.
Yotoqxonalarda yashashga ehtiyoji bo‘lgan talabalar soni 149,4 mingni tashkil etadi.
Ta'lim tizimiga sirtqi, kechki ta'lim shakllari kiritilishi talabalarning yotoqxonalarga bo‘lgan talabini yanada oshirdi. Sirtqi bo‘limga o‘qishga kirgan talabaning bir oy bo‘lsa ham talabalar turar joyida yashashga ehtiyoji bor. Chunki uning o‘sha joyda qarindoshi bo‘lmasligi yoki ijarada imkoni bo‘lmasligi mumkin. Buni amaliyotda o‘zimiz ko‘rdik», dedi vazir Abduqodir Toshqulov.
Mavzuga oid
16:34 / 01.11.2023
Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor bo‘ldi
17:05 / 31.10.2023
Abduqodir Toshqulov ham prezident administratsiyasidan ketdi
17:59 / 30.12.2022
Ishmetov va Toshqulov Prezident administratsiyasiga ishga o‘tkazildi
12:00 / 14.11.2022