Yodingizda bölsa, vazir A.Toşqulov yangi öquv yili oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida sönggi yillarda oliy ta’lim muassasalari soni qariyb 3 barobarga oşgani, endigi asosiy vazifa ularda ta’lim sifatini ta’minlaş ekanini ta’kidlagan edi. Kuni keça respublikaning yetakçi 8 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli xalqaro reytinglardan munosib örin egallaşi ta’lim sifatidagi özgarişlarning amaliy isboti böldi.
Şundan roppa-rosa 2 oy ötib, respublikaning yetakçi 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP-1000 talik röyxatdan munosib örin egalladi. Bu esa ta’lim sifatidagi özgarişlarning amaliy isbotidir.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasi sifatini oşiriş, xalqaro maydonda raqobatbardoşligini ta’minlaş, şuningdek, jahonning TOP-universitetlari qatoridan munosib örin egallaşi sözsiz xalqaro reytinglardagi faol iştiroki bilan bevosita boğliq.
Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan agentliklar, ya’ni Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities reytingining birinçi 1000 ta örindagi oliy ta’lim muassasalari röyxatiga kiritiş belgilangan. Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 47-maqsadida ham 2026 yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglarga kirişga tayyorlaş közda tutilgan.
Uşbu vazifalar ijrosini öz vaqtida va sifatli bajariş uçun Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bir qator işlar amalga oşirilmoqda.

Oxirgi yillarda olib borilayotgan islohotlar natijasini bugun oliy ta’lim muassasalarining nufuzli xalqaro reytinglarda munosib örin egallaşida köriş mumkin. Xususan, 8 noyabr kuni QS Asia University Rankings-2023 (Osiyo universitetlar reytingi) reyting natijalari e’lon qilindi. Uşbu reyting dunyo böyiça Şarqiy, Janubi-Şarqiy va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlarini akademik mavqe, iş beruvçilar orasidagi körsatkiçi, fakultetdagi talabalar nisbati, ilmiy darajaga ega professor-öqituvçilar, xalqaro talabalar soni, xalqaro xilma-xillik hamda iqtiboslik böyiça baholaydi.
Reytingda 23 ta davlatdan jami 760 ta universitet iştirok etib, respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasi ular orasidan munosib örin egalladi. Quvonarlisi, «TIQXMMITI» Milliy tadqiqot universiteti hamda Özbekiston milliy universiteti kuçli 500 talik universitetlar qatoridan joy oldi.








