Abduqodir Toşqulov prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimidan ketdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Abduqodir Toşqulov 2010 yildan Qonunçilik palatasi deputati bölgan, 2017 yil sentabrida Termiz davlat universitetiga rektorlikka ötgan, 2018 yilda senatorga aylangan.
2021 yil yanvaridan esa oliy va örta maxsus ta’lim vazirligiga rahbarlik qila boşlagandi. 2022 yil dekabridagi ma’muriy islohotlar doirasida prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, 2023 yil avgustida prezident administratsiyasidagi islohotlar vaqtida prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi Odil Abdurahmonov prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlaniş departamenti rahbari lavozimiga ötkazilgandi.
Odil Abdurahmonov oktyabr oyi oxirida oliy ta’lim vaziri bölişi xabar qilindi.
Oxirgi oylarda u rahbar bölib turgan Ijtimoiy rivojlaniş departamentida 30 oktyabr kuni ikki örinbosar iş boşladi - Asilbek Xudoyorov va Gayane Umerova.
Bundan oldinroq Laziz Töyçiyev ham prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimidan ozod etilgandi.









