11:51 / 03.03.2021
2854

Oliy ta'limda qizlar sonini 50 foizga yetkazishimiz kerak – Tanzila Norboyeva

Bugun, 3 mart kuni Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollar yetakchi lavozimlarda: COVID-19 pandemiyasi sharoitida teng huquqli kelajakka erishish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. 

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, tadbirda so‘zga chiqqan Tanzila Norboyeva O‘zbekiston ayollarining ijtimoiy himoyasiga to‘xtaldi.

“Ayollar daftari” bo‘yicha 6 mln nafardan ortiq ayollar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazildi va og‘ir ahvoldagilari bu daftarga kiritildi. “Xalq banki”ni “Ayollar banki”ga aylandi, deb aytishimiz mumkin. Chunki ayollarni qo‘llab-quvvatlash shu bank orqali amalga oshirilmoqda va buning uchun qo‘shimcha 1 trln so‘m mablag‘ ajratildi. Xorijiy hamkorlarimiz ham 2,7 mln dollar miqdorida grant beryapti.

Bu yil ehtiyojmand oilalarning 2 ming nafar qizlari oliy ta'lim muassasalarida bepul o‘qitiladi, o‘tgan yili ular soni 950 nafar edi. Ular sonini oshirib borish masalasi shaxsan davlat rahbari nazoratida turibdi. Biz oliy ta'lim oluvchilar orasida qizlarni 50 foizga yetkazishga harakat qilishimiz kerak”, – dedi Senat raisi yig‘ilganlarga qarata.

Top