Jahon | 17:39 / 04.03.2021
6249
1 daqiqa o‘qiladi

Korrupsiyada ayblanayotgan Qirg‘iziston oliy sudi raisi jinoiy javobgarlikka tortiladi

Unga nisbatan "Mestniy sud" avtomatlashgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik to‘g‘risida ayblov e'lon qilingan.

Foto: Sultan Dosaliyev

Sudyalar kengashi huzuridagi intizom komissiyasi Qirg‘iziston oliy sudi raisi Gulbara Kaliyevani jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berdi. Ushbu qaror mamlakat bosh prokuraturasi taqdimnomasiga asosan qabul qilindi.

Kaliyeva korrupsiyada ayblanmoqda. Unga nisbatan "Mestniy sud" avtomatlashgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik to‘g‘risida ayblov e'lon qilingan.

 Komissiya shuningdek, Kaliyevani lavozimidan vaqtincha chetlatishga rozilik bildirgan. Endi ushbu qaror prezident Sadir Japarovga taqdim etiladi, u esa parlamentga kiritadi.

Qayd etilishicha, intizom komissiyasining qarori e'lon qilinishi bilan kuchga kiradi va uning ustidan shikoyat qabul qilinmaydi.

Kaliyeva 2012 yilda Qirg‘iziston oliy sudi raisi o‘rinbosarligiga tayinlangan bo‘lib, 2018 yilda oliy sud raisi lavozimini egallagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid