Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilanadi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘quvchilar orasida tibbiy ko‘riklar o‘tkazilishi natijasida har bir o‘quvchining salomatligi holati, jumladan uning jismoniy rivojlanishi bo‘yicha baho va aniqlangan patologik o‘zgarishlar, salomatlik holati bo‘yicha ma'lumot asosida qaysi salomatlik guruhga mansubligi aniqlanadi va tor mutaxassislar tavsiyasiga binoan sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya chora-tadbirlari belgilanadi.
Tibbiy ko‘riklar o‘tkazilishi tartibi buzilganda bolalarda uchraydigan kasalliklarning kechki bosqichlarda aniqlanishi, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida nogironlik va voyaga yetmagan qizlar orasida erta tug‘ruq holatlari ko‘payishining oldini olish qonun loyihasining maqsadi hisoblanadi.
Umumiy o‘rta va kasb-hunar ta'limi maktablari, akademik litseylar o‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikni joriy qilish taklif etilmoqda. Xususan, yangi moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bir baravaridan ikki baravarigacha jarima solish belgilanadi.
Qayd etilishicha, ishchi guruh tomonidan xalqaro tajriba o‘rganilganda (Rossiya, Ukraina, Koreya Respublikasi, Germaniya, Markaziy Osiyo davlatlari) “o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikni belgilash” bo‘yicha moddalar yo‘qligi aniqlangan.
Mavzuga oid
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
10:15 / 15.06.2026
Rossiya chet el fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik qoidalarini kuchaytirdi
21:53 / 18.05.2026
Sotuvchi xaridorning qonuniy talabini bajarmasa, elektron platforma zimmasiga ham mas’uliyat yuklanadi
21:46 / 18.05.2026