Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik razvedkachilar Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi
Musobaqada 5 ta davlat harbiylari ishtirok etgan.
Mudofaa vazirligining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, 24 fevral kunidan 3 martgacha Pokiston Islom Respublikasida IV Pokiston armiyasining jamoaviy ruhi xalqaro musobaqasi (4-th International PATS Competition) bo‘lib o‘tgan.
Qayd etilishicha, musobaqada mezbonlar bilan birgalikda Shri-Lanka, Turkiya, Iordaniya va O‘zbekiston Respublikasi razvedkachilari qatnashishgan bo‘lsa, Qozog‘iston, Hindiston, Marokko, Indoneziya, Tojikiston harbiylari jarayon shaffof va xolis o‘tishini kuzatib borishgan.

Ishtirokchilar Pokistonning issiq va qiyin sharoitlarida aloqa tayyorgarligi, harbiy topografiya, otish va tibbiy tayyorgarlik, maxsus signallar berish va optik vositalarni qo‘llash, notanish hududlarni rekognossirovka qilish bo‘yicha nazorat mashg‘ulotlarini bajarishgan.

Umumiy natijalarga ko‘ra o‘zbek harbiylari birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi va uchinchi o‘rin Turkiya hamda Shri-Lanka razvedkachilariga nasib etgan.

Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, o‘zbekistonlik razvedkachilar bungacha Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan «Kembrij patruli» musobaqasida 120 ta davlat ichida 2018 yilda ikkinchi va 2019 yilda birinchi, Qozog‘iston Respublikasida harbiy razvedkachilar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada mezbonlardan keyin ikkinchi, 2020 yilda esa Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan Xalqaro armiya o‘yinlarida ham ikkinchi o‘rinni egallashgan.
Mavzuga oid
09:01 / 09.07.2026
Ayrim harbiylar uchun ijara puli 25 foizga oshadi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
10:15 / 17.06.2026