Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi sanasi aniq bo‘ldi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning keyingi tashrifi O‘zbekistonga amalga oshiriladi. Ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevning ma'lum qilishicha, tashrif 11-12 mart kunlari bo‘lishi rejalashtirilgan.
U ko‘plab davlatlardan takliflar bo‘layotganini qayd etib o‘tgan.
«Prezident o‘z chiqishida ilk tashriflari qo‘shni davlatlarga – Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoyga bo‘lishini istashini aytgan», degan Kazakbayev.
U tashriflar grafigi O‘zbekistonga tashrifdan keyin tuzib chiqilishini qo‘shimcha qilgan.
Qirg‘izistonda 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan oldingi prezident saylovlarida g‘olib chiqqach, Sadir Japarov o‘zining ilk xorijiy tashrifini fevral oyi oxirida Rossiyaga uyushtirgandi. Mart oyining ilk kunlarida esa u Qozog‘istonda bo‘lib, Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026