O‘zbekiston | 10:00 / 05.03.2021
1203
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekinvest»: 2020 yilda 37 000 dan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga sug‘urta xizmatlari ko‘rsatildi

«O‘zbekinvest» kompaniyasi 2020 yilda 37 000 dan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari vakillariga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib, 2019 yilga nisbatan 3 barobar o‘sishga erishdi.

2020 yilda respublika tadbirkorlarining katta qismi yuzma-yuz kelgan salbiy tendensiyalarga qaramay, «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan tadbirkorlar faoliyatini turli qaltisliklardan, ko‘zda tutilmagan zararlar va tashqi muhitning salbiy ta'siridan ishonchli sug‘urta himoyasini taqdim etish ko‘lamini oshirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

2020 yilda kompaniya 37,3 mingdan ortiq KBvaXT sub'yektlariga sug‘urta himoyasini taqdim etdi, bu esa 2019 yilda sug‘urtalangan korxonalarning sonidan 11,3 mingga ko‘pdir.

Tadbirkorlar tomonidan mol-mulk va moliyaviy qaltisliklardan sug‘urtalashga bo‘lgan ehtiyoj oshgani kuzatilmoqda, buning natijasida 35,0 trln so‘m miqdorida sug‘urta himoyasi taqdim etildi va bu 2019 yil natijalaridan 2,9 martaga ko‘p.

2020 yilda kompaniya tomonidan KBvaXT sub'yektlari bilan tuzilgan 58 ta shartnoma bo‘yicha 10,4 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.

Shu bilan birga, kompaniyaning tadbirkorlik va kichik biznes sub'yektlari uchun mahsulotlari qatori doimiy ravishda kengaytirib borilmoqda. Innovatsion loyihalarni, tijorat ko‘chmas mulk ijarachilari javobgarligini, direktorlar javobgarligini sug‘urtalash, moliyaviy lizing va kafillik majburiyatlarini bajarmaslikdan sug‘urtalash va boshqa bir nechta mahsulotlar ishlab chiqildi.

«O‘zbekinvest» EISK AJ Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid