Farg‘ona viloyatiga Buxoro viloyatidan qo‘ylarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan yaylov maydonlari ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatiga Buxoro viloyatidan qorako‘l zotli qo‘ylarni boqish va ko‘paytirishga mo‘ljallangan yaylov maydonlarini ajratish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Farg‘ona viloyat hokimligi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda viloyatda qorako‘lchilik sohasida ish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan 1 000 nafar yoshlar ro‘yxatini shakllantiradi.
Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi:
- 2021 yil 1 aprelga qadar Buxoro viloyati Peshku tumanining qorako‘l qo‘ylarini ko‘paytirishga mo‘ljallangan yaylov maydonlari holatini o‘rgangan holda 15 ming gektar yaylov maydonlari ajratilishini;
- farg‘onalik yoshlarning viloyatda mavjud Qorako‘lchilik naslchilik xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan arzon narxlardagi qorako‘l zotli qo‘ylar bilan ta'minlanishini;
- yoshlarda qorako‘lchilik sohasi hamda qo‘y boqish tajriba va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida cho‘ponlar biriktirilishini ta'minlaydi.
Suv xo‘jaligi vazirligi:
- yoshlarga cho‘l yaylov hududlarida yashash sharoitlarini yaratib berish maqsadida 100ta ko‘chma vagonlar (yashash konteynerlari) ajratilishini;
- “O‘ztransgaz” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan birgalikda Sarimoy Gazli hamda Sarimoy Zarafshon suv quvuri orqali chorvachilik, bog‘dorchilik va dehqonchilik yo‘nalishlarida foydalanish uchun Peshku tumani “Jongeldi” MFY hududini suv bilan ta'minlashni tashkil qiladi.
Buxoro viloyat hokimligi yoshlarga suyultirilgan gaz ballonlar ajratgan holda har oyda bir marta gaz va suv ta'minotini yetkazish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid

09:22 / 08.06.2025
Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

08:00 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi

07:40 / 31.05.2025