O‘zbekiston | 08:40 / 06.03.2021
11549
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda «pul pulni chaqiradi» deb fuqaroga qariyb 2 mlrd so‘m berib yuborgan tadbirkor jabrlanuvchiga aylandi

2020 yilning iyul oyidan dekabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 31 yoshli Husanjon T. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrining turli hududlarida tanishi, 38 yoshli Kamoliddin I.ga bank tizimi pul o‘tkazmalari orqali pullarini aylantirib, ko‘p foyda olishi mumkinligini aytgan.

Foto: rbk.ru

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Husanjon T. Kamoliddin I.ni bunga qiziqtirib, undan jami 71 200 AQSh dollar va 1 009 258 000 so‘m pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olib, ushbu pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Husanjon T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari jarayonida, Kamoliddin I. Qo‘qon shahrida joylashgan xususiy korxona rahbari bo‘lib, “Agrobank” Qo‘qon shahri filiali mijozi ekanligi, ushbu bank xodimi Husanjon T. bilan ancha yildan beri tanish bo‘lib, unga 20 000 AQSh dollar qarz berganida, Husanjon T. ushbu pullarni bankka qo‘yib foyda olishini aytib, bir oylik foydaning yarmi deb boshlanishiga 2 250 000 so‘m pul olib kelib bergani va keyinchalik undan olgan pullari evaziga foydasi deb jami 240 000 000 so‘m pul mablag‘lari bergani aniqlangan.

Qayd etilishicha, Kamoliddin I.qiziqib yanada ko‘proq pul berib borgan, oradan ma'lum bir vaqt o‘tib, Husanjon T. xorijga chiqish pasportini olib Qirg‘izistonga chiqib ketib qolgan, undan olgan pullarini bankka qo‘ymasdan ehtiyojlariga sarflab, bir qismiga yer uchastkasi sotib olib, bir qismini tanish ayoliga bergan.

Hozirda Husanjon T.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid