Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Qurilish vazirligi huzurida Qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qurilish vazirligi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining Qurilish vazirligi huzurida Qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot markazini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Markazni tashkil qilish va jihozlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbalari etib Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasidan 2021 yilda ajratiladigan 20 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi mablag‘lar hamda yetmaydigan qismi uchun Qurilish vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari belgilanadi.
Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
- qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish, intellektual salohiyatlarini namoyon etishiga hamda qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida startap loyihalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishiga ko‘maklashish;
- qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida ilmiy izlanishlar olib borish, mazkur yo‘nalishda fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
- qurilish faoliyatini intellektuallashtirish va avtomatlashtirishning ilmiy-texnika masalalari yechimiga yo‘naltirilgan texnologiyalarni yaratish va texnologik jarayonlarni loyihalashtirish;
- qurilish materiallari texnologiyalari transferi, ularni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish orqali mahalliy mahsulotlar ishlab chiqish sanoatini rivojlantirish;
- qurilish materiallari ishlab chiqish bo‘yicha xorijiy kompaniya va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sohadagi ilg‘or tajribalarni mahalliylashtirish va ommalashtirish, sohada ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
Markaz:
Toshkent shahri, Yunusobod tumanida barpo etilayotgan Toshkent arxitektura-qurilish institutiga tutash hududda joylashgan “8-Avtobus saroyi” MChJ, “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi va “Invest Group Centre” MChJ bino va inshootlarini belgilangan tartibda ko‘chirgan holda, ushbu hududda yagona majmuada jamlangan “Qurilish habi”ga bino qurilishi tugallanganidan so‘ng tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
- Davlat budjeti mablag‘lari (ilmiy va yordamchi xodimlardan tashqari, Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun);
- Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
- shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
- xalqaro va mahalliy moliya va boshqa institutlar kreditlari, xorijiy tashkilotlar grantlari;
- jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston norezidentlarining homiylik xayriyalari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
17:51 / 04.07.2026
Baliqchilikni rivojlantirish markazi tashkil etiladi
11:22 / 11.12.2025
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori belgilandi
20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?
09:07 / 10.07.2025