Sport | 22:24 / 07.03.2021
6052
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. Madrid derbisida «Real» 88-daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Foto: Twitter/RealMadrid

Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda — «Madrid derbisi»da «Real» 88-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Suaresning goliga Benzema javob berdi.

Durangdan so‘ng «Atletiko» 59 ochko bilan 1-o‘rinda, «Real» 54 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi. 

Turning yana bir o‘yinida «Selta» mehmonda autsayder «Ueska»dan ustun kelib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

La Liga, 26-tur, 7 mart

Atletiko — Real 1:1
Gollar
: Suares (15) — Benzema (88).
Atletiko – Oblak, Ermoso, Felipe, Savich, Tripper, Lorente, Koke, Lemar (Saul, 57), Karrasko (Felish, 64), Korrea (Kondogbia, 82), Suares. 
Real – Kurtua, Nacho, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos, Rodrigo (Vinisius, 60), Modrich, Asensio (Valverde, 60), Benzema.

Ueska — Selta 3:4
Gollar
: Siovas (14), Mir (16), Ferreyro (74) — Mina (5), Nolito (37), Malo (52), Beltran (76).
Ueska – Alvaro Fernandes, Pulido, Siovas, Insua (Serxio Gomes, 81), Maffeo, Seoane (Xuan Karlos, 89), Mikel Riko (Dumbiya, 81), Galan (Okadzaki, 89), Dani Eskriche (Ontiveros, 77), Ferreyro, Rafa Mir. 
Selta – Ruben Blanko (Vilyar, 45), Malo, Aydu, Murilo, Aaron Martin, Beltran, Mendes (Arauxo, 74), Nolito (Ferreyra, 79), Denis Suares, Santi Mina (Solari, 79), Aspas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid