Andijon viloyati IIBning xotin-qizlar masalalari böyiça boş inspektori Barnoxon Mirzayeva içki işlar tizimida 10 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda: «Andijon viloyat içki işlar boşqarmasida men singari yana 70 nafar ayol xizmat qiladi. Kelinglar, men sizlarni özim va ayol xodimlarning iş faoliyati bilan taniştiray», – deb yölga boşladi Barnoxon.

Viloyat içki işlar boşqarmasida 102 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yölga qöyilgan. U yerda fuqarolarning murojaatlari uzluksiz qabul qilinib, tegişliligi böyiça şahar va tuman navbatçilik qismlariga yetkazib beriladi. Şundan keyin mas'ul xodimlar murojaatlar böyiça tezkor iş olib boradi. Call-markaz'da ayol xodimlar işlaydi. «Bugun biz soat 14:30gaça 260ta murojaatni qabul qildik», – deydi Call-markaz operatori Nigina Vaqqosova.

Buni qarangki, patrul-post xizmatida ham bir neça nafar xotin-qizlar xizmat qilarkan. Ulardan biri Maftunaxon Ğulomjonova. Xizmat maşinasidan dadil tuşib kelgan Maftunaxonning kayfiyati a'lo darajada ekani yuz-közidan sezilib turardi: «Men 8 yildan buyon içki işlar tizimida xizmat qilaman, kasbimni juda yaxşi köraman. Vazifamiz jamoat tartibini saqlaş va fuqarolar xavfsizligini ta'minlaşdan iborat», – dedi patrul-post xizmati inspektori Maftunaxon Ğulomjonova.

Şu kuni Andijon şahridagi «Dinamo» stadionida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan musobaqa taşkil etilgan ekan. Stadionda pistoletni töliqsiz qismlarga ajratiş va yiğiş, granata uloqtiriş va 100 metrga yuguriş böyiça bellaşuvlar bölib ötdi. Söngra içki işlar tizimidagi xotin-qizlar öq otiş maşğulotiga yöl olişdi. U yerda öq otiş borasidagi mahorat sinovdan ötkazildi. «Töğrisi, har gal qölimga qurol olganimda biroz hayajonlanaman», – dedi Barnoxon nişonni möljalga olişdan oldin.