O‘zbekiston | 10:00 / 09.03.2021
1309
2 daqiqa o‘qiladi

“A. M. Best Company” xalqaro reyting agentligi respublikada birinchi marta “O‘zbekinvest” kompaniyasiga “VV” darajasidagi reytingni berdi

Joriy yilning 18 fevral kuni “A. M. Best Company” Xalqaro reyting agentligi (AQSh) “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi Aksiyadorlik jamiyatiga kredit reytingi berilganligini rasmiy e'lon qildi.

“O‘zbekinvest” milliy moliya bozoridagi “Barqaror” prognozi bilan “VV” darajasidagi barqarorlik moliyaviy reytingiga ega bo‘lgan birinchi kompaniya bo‘ldi.

Shunday qilib, kompaniya O‘zbekiston moliya sektorining barcha ishtirokchilari orasida xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan eng yuqori reyting sohibiga aylandi. 

Agentlik tahlilchilarining ta'kidlashicha, kompaniyaning yuqori moliyaviy barqarorligi mavjud risklarni inobatga olgan holdagi yuqori kapitallashuv darajasi bilan ta'minlanadi. Kompaniya konservativ investitsiya strategiyasiga amal qiladi, shu bilan birga kompaniya investitsiyalari “AAA” darajasidagi eng yuqori kredit reytingiga ega bo‘lgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga joylashtirilgan.

Kompaniya profiliga berilgan baho rivojlanib borayotgan O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi yuqori mavqeyi va qayta sug‘urtalash vositalaridan keng foydalanishida o‘z aksini topadi. 

“A. M. Best Company” tomonidan “VV” darajasidagi xalqaro reytingning berilishi “O‘zbekinvest” kompaniyasining kreditga layoqatliligining yuqori darajasi va risklarining past darajadaligidan dalolat beradi, xalqaro qayta sug‘urta bozorlariga chiqish va eksport xizmatlari hajmini oshirishga, shuningdek, O‘zbekiston bozoridagi operatsiyalar spektrini kengaytirishga imkoniyat yaratadi.

«O‘zbekinvest» EISK AJ Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid