Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing 1,5 yil ichida ilk bor buyurtmalar soni bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlar qayd qildi
AQShning Boeing aviasozlik kompaniyasi bir oyda olgan buyurtmalari soni 2019 yil noyabridan beri birinchi marta bekor qilingan buyurtmalar sonidan ko‘proqni tashkil qildi.
SNBC telekanalining xabar berishicha, fevralda kompaniya 82ta samolyot, jumladan 25ta Boeing 737 MAX yo‘lovchi samolyoti va 27ta KC-46 yonilg‘i quyuvchi samolyotini sotgan. Shu bilan birga, buyurtmachilar 51ta samolyotga buyurtmadan voz kechishgan. Ta'kidlanishicha, hozirda AQSh kompaniyasi 4041ta samolyotni mijozlarga yetkazib berish bo‘yicha majburiyatga ega. Kompaniya fevral davomida buyurtmachilarga 22ta samolyot yetkazib bergan.
2020 yil natijalariga ko‘ra, kompaniya pandemiya va Boeing 737 MAX samolyotlari bilan yuz bergan 2ta aviahalokat ortida 11,9 mlrd dollar zarar ko‘rgan. 2019 yilda Ethiopian Airlines aviakompaniyasiga qarashli 737 MAX samolyoti bilan yuz bergan aviahalokatdan keyin ko‘plab davlatlar, jumladan, AQSh va Yevropa ittifoqi davlatlari ushbu seriyadagi samolyotlar ekspluatatsiyasini to‘xtatib qo‘ygandi. Ushbu laynerlardan foydalanish ulardagi muammolar bartaraf etilgach, 2020 yil dekabr oyidagina AQShda yana yo‘lga qo‘yildi.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026