Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Holand rekord ortidan rekord qo‘ymoqda. U bir kechada Messi, Ronaldu, Mbappe va Sulsherni ortda qoldirdi
«Borussiya» 4 yil ichida ilk marta Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi. Dortmundlarni bu bosqichga Erling Holand olib chiqdi, u «Sevilya»ga qarshi javob o‘yinida ham ikkita gol urdi.
«Sevilya»ga qarshi javob o‘yini kutilganidan qiziqarliroq kechdi.
Chempionlar ligasi. 1/8 final. Javob o‘yini
«Borussiya» D (Germaniya) — «Sevilya» (Ispaniya) — 2:2 (1:0)
Gollar: Holand, 35 (1:0). Holand, 54 — penalti (2:0). An-Nosiriy, 68 — penalti (2:1). An-Nosiriy, 90+6 (2:2).
«Borussiya»: Hits, Hummels, Shuls (Zagadu, 89), Morey (Mene, 90+5), Roys, Dileyni, Emre Jan, Azar (Passlak, 67), Dahud, Bellingem, Holand.
«Sevilya»: Bunu, Xesus Navas, Akunya, Kunde, Diyegu Karlos, Fernandu Rejyes (Rakitich, 86), Joan Jordan (A.D.Gomes, 60), Oskar Rodriges (Oliver Torres, 79), Suso (Al-Haddodiy, 86), Okampos (de Yong, 60), An-Nosiriy.
Ogohlantirishlar: Morey, 20. Akunya, 40. Kunde, 51. Xoan Jordan, 55. Holand, 55. Emre Jan, 67. Oskar Rodriges, 71. Fernandu Rejyes, 76. Diyegu Karlos, 78.
Hakam: Junayd Chaqir (Turkiya).
9 mart. Dortmund. «Signal Iduna Park» stadioni.
Birinchi o‘yin — 3:2.
«Borussiya» YeChL 1/8 finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Sevilya»ni ortda qoldirdi (3:2, 2:2). Bu o‘yinlarda eng esda qolarli epizod Holandning ikkinchi goli urilgan vaziyat bo‘ldi. O‘yinning 48-daqiqasida hujumchi o‘tkir burchakdan mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi va hakam Junayd Chaqir golni inobatga oldi - tabloda 2:0 hisobi porladi.
Shundan so‘ng, aqldan ozdirar besh daqiqalik boshlandi. Arbitr videotakrorni ko‘rishga yo‘l oldi va gol bekor qilindi - hujumchi to‘p uchun kurashda ispanlar himoyachisiga fol ishlatgani qayd etildi.

Shu bilan birga, hakam videotakrorda undan oldingi epizodda Kunde Holandning futbolkasidan tortib ushlab qolishga harakat qilganini ko‘rib qoldi va penalti belgiladi.

Tablodagi hisob 1:0 ko‘rinishiga o‘zgardi va Holand penalti tepish uchun yo‘l oldi. «Sevilya» darvozaboni Yassin Bunu uning zarbasini qaytardi, undan keyingi ikki zarbani ham. O‘yin yana 20 sekund davom etdi. Bu vaqt ichida «Sevilya» futbolchilari qarshi hujumga chiqib, raqib jarima maydoniga yetib borishgandi. Ammo hakam yana VAR’ga yuzlandi - «Borussiya»ga penaltini qayta tepish imkoni berildi, chunki Bunu zarba berilishidan oldin ikki oyog‘i bilan darvoza chizig‘idan oldinga chiqib ketgandi.

Holand yana «nuqta»ga yaqinlashdi va yana o‘sha burchak tomon tepdi. Bu safar ham darvozabon to‘p yo‘nalishini topdi, ammo to‘p baribir darvoza to‘rindan joy oldi. Hujumchi hissiyotga berilib, darvozabonni kalaka qilish uchun bordi.
«U birinchi penaltidan keyin menga nimadir deb baqirgandi. Men o‘shanda ikkinchi imkoniyat bo‘lsaydi degandim. Bilmadim, bu nimani anglatadi, gol urganimda men ham unga o‘xshab baqirdim», – dedi Erling bu vaziyat haqida o‘yindan keyin.

«Sevilya» futbolchilariga bu yoqmadi va unga tashlanishdi, o‘rtaga mezbon futbolchilari ham tushdi - yakunda Jordan va Holandga sariq kartochka ko‘rsatildi.

«Borussiya» keyin ikki gol o‘tkazib yubordi, «Sevilya» overtaymga yaqin edi, so‘nggi daqiqalarda mezbonlar jarima maydoniga qamab qo‘yildi, ammo yakunda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:4 hisobidagi ustunlik bilan dortmundliklar keyingi bosqichga yo‘l oladigan bo‘lishdi.
Chempionlar ligasi norvegiyalik yosh futbolchining sevimli turniriga aylanib bormoqda:
Holandda YeChLdagi so‘nggi 6 o‘yinida 10 gol urishga erishdi. U turnirda olti o‘yinda ketma-ket urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Erling shu yil 21 iyulda 21 yoshga chiqadi. Norvegiyalik forvard Mbappeni ortda qoldirdi, top-3 quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Holand (20 yoshu 231 kun)
- Mbappe (21 yoshu 355 kun)
- Messi (22 yoshu 266 kun)
U 20 yoshida asosiy yevrokubokda urgan gollari soni bo‘yicha Ronaldino, Zidan, Totti, Adriano, Teves, Falkao, Lukaku va boshqa ko‘plab yulduz futbolchilardan oldinda.
Holand YeChLdagi jami gollari sonini 20taga yetkazgan - bu natijaga erishish uchun unga 14 o‘yin yetarli bo‘lgan. Bu turnirning yangi rekordi: avvalgi rekordchi Harri Keyn 20 gollik nuqtaga 24 o‘yinda erishgandi, Leo Messi 20-golini 40-o‘yinida, Krishtianu Ronaldu esa – 56-o‘yinida urgandi.
- Holand (14 o‘yin)
- Keyn (24 o‘yin)
- Del Pero (26 o‘yin).
Shuningdek, Erling turnir tarixidagi eng yaxshi norvegiyalik futbolchilar ro‘yxatida Ole-Gunnar Sulsherni ortda qoldirdi. Holandning «Molde»dagi sobiq murabbiyi 77 o‘yinda 19 gol urishga erishgandi.
Hozirda Holandning turnirda urgan gollari soni Keyn, Torres, Beyl, Fabregas, Romario, Anelka kabi futbolchilarniki bilan teng. Bu ro‘yxatda o‘rtacha samaradorlik bo‘yicha eng past natija Seskniki (0,19), bu uning pozitsiyasi bilan izohlanadi.
- Torres – 0,25
- Anelka – 0,29
- Beyl – 0,31
- Romario – 0,63
- Keyn – 0,83.
Holandda – 1,43. Bir o‘yinda deyarli o‘rtacha bir yarim gol!
«Erling bilan o‘ynash – bir imtiyoz. Men uning kuchli tomonlarini sanashimga hojat yo‘q, ammo uning mentaliteti haqida aytmasam bo‘lmaydi. U yosh va g‘alabalarga chanqoq, uning hayot yo‘lida muvaffaqiyatsizliklar juda kam. Ehtimol, u shuning uchun hamisha pozitiv ruhda va dunyoni zabt etishiga ishonadi. Bu juda ilhombaxsh», – dedi chorak finalga chiqilgach «Borussiya» havbeki Tomas Dileyni.
Holandning «Dortmund» bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar amalda bo‘ladi, ammo klubda u shuncha vaqt qolishiga hech kimning ko‘zi yetmaydi. Norvegiyalik vunderkind uchun «Real», «Siti», «Chelsi», «MYu», «Liverpul», «Bavariya» va «Barselona» kabi Yevropa grandlari navbatda turishibdi.
Leo va Krishtianu davridan keyin ham futbol olami superyulduzlarga zoriqib qolmasligi aniq.
Mavzuga oid
23:06 / 09.12.2025
Holand dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida Yamalga yetib oldi
15:36 / 03.11.2025
Holand «Siti»ni ikkinchi o‘ringa olib chiqdi, Yamal yana gol urishni boshladi
11:32 / 12.10.2025
Norvegiya Isroilni ayamadi, Ronaldu penaltidan gol urolmadi. Kun o‘yinlari
12:01 / 10.09.2025