I guruhi
Moldova uçun dahşatli keça
Norvegiya – Moldova 11:1
Gollar: Myure 6, Holand (11, 36, 43, 52, 83), Edegor (45+1), Osgor (67, 76, 78 penalti, 90) – Estigor (74 avtogol).
Norvegiya: Nyulann, Heggem, Volfe, Ayyer (Estigor 73), Berge, Edegor, Myure (Osgor, 64), Ryuerson, Nusa (Şelderup 73), Syorlot (Bobb 64), Holand (Heggebe 90+2)
Moldova: Avram, Baboglo, Kreçun, Pletike, Ryabçuk, Motspan (Kojokaru, 61), Ratse (Bogaçuk, 80), Ionitse (Dumbravanu, 46), Kaymakov (Dros, 88), Nikolaesku, Postolaki (Bodiştyanu, 46)
Ogohlantiriş: Kaymakov, 58
Jyennaro Gattuzo boşqaruvidagi Italiya ikkinçi örin uçun Isroil bilan kuraş olib borayotgan mahalda, Norvegiya öz orzusi tomon şaxdam qadam taşlamoqda. Skandinavlarning navbatdagi qurboni bebaxt moldovanlar bölişdi. Öz-özidan asosiy diqqat markazida Erling Holand böldi. «Mançester Siti» şu kuni istaganiça köngilxuşlik qildi, avvaliga Feliks Xorn Myureni böş darvoza qarşisiga çiqardi, keyin Edegor yordamida birinçi bölimning özida uçta gol urdi, tanaffusdan keyin esa penta-trikni nişonladi. Uning terma jamoada urgan gollari soni ötkazgan öyinlari sonidan oşib ketdi – 45 öyinda 48 gol.
Şu kuni u yanada köproq gol urişi mumkin edi, ammo penalti tepiş huquqini zaxiradan maydonga tuşgan yarimhimoyaçi Osgorga qoldirdi, uşbu futbolçi esa 24 daqiqa içida poker muallifiga aylandi. Şu kuni moldovanlar birorta ham gol urişmadi, ular uçun ham mezbonlar himoyaçisi Estigor urib berdi. Yakunda 11:1 hisobi qayd etildi, bu qandaydir syurrealizm. Norvegiya 5 öyinda 5 ğalaba bilan guruh jadvalini boşqarişda davom etmoqda (töplar nisbati 24-3).

11 oktyabr. Norvegiya — Isroil, Estoniya — Italiya.
14 oktyabr. Estoniya — Moldova, Italiya — Isroil.
K guruhi
Angliya serblar mudofaasini yançib taşladi
Serbiya – Angliya 0:5
Gollar: Keyn (33), Madueke (35), Konsa (52), Gehi (75), Reşford (90 penalti)
Serbiya: Petroviç, Milenkoviç, Pavloviç, Erakoviç, Maksimoviç, Lukiç, Jivkoviç (Velkoviç, 76), Iliç (Samardjiç, 61), Birmançeviç (Kostiç, 46), Nedelkoviç (Yoviç, 46), Vlahoviç (Mitroviç, 70)
Angliya: Pikford, Konsa, Gehi, Livramento, Jyeyms (Spens, 68), Rays (Henderson, 81), Anderson, Rodjyers, Gordon (Reşford, 68), Madueke (Uotkins, 76), Keyn (Bouen, 76)
Ogohlantirişlar: Lukiç, 29 – Gordon, 40
Çetlatiş: Milenkoviç, 72
Angliya terma jamoasi hozirça Tomas Tuxel boşqaruvida saralaş bosqiçini ideal ötkazmoqda – beş öyinda beş ğalaba. Bu safar guruhdagi eng yaqin ta’qibçi serblar safarda tor-mor etildi. Burçak zarbasi ijro etilganida Harri Keyn qöriqlanmadi – birinçi gol qabul qilib olindi. Tezkor Noni Madueke qöyib yuborildi – ikkinçi töp darvozadan olib çiqildi. Inglizlar bir neça daqiqa içida öyinni hal qilişdi.
Ikkinçi bölim boşida Ezri Konsa mezbonlarni uzil-kesil taslim etdi, Gordonning olis masofadan yöllagan zarbasidan keyin mehmonlarning birdaniga bir neça futbolçisida töpni darvozaga kiritib yuboriş imkoniyati yuzaga keldi va markaziy himoyaçi barçadan ildamroq harakat qildi. U ham xuddi Madueke kabi milliy jamoadagi ilk golini nişonladi, keyin esa ularga yana bir himoyaçi Gehi qöşildi. Bu orada Nikola Milenkoviç Keynga işlatgan qöpolligi uçun maydondan çetlatildi. Yakuniy hisobni öyinga qöşib berilgan daqiqalarda penaltini aniq ijro etgan Markus Reşford örnatdi – 0:5. Angliya bu siklda darvozasi daxlsizligini saqlab qolişda davom etmoqda (töplar nisbati 13:0), Dragan Stoykoviç şogirdlari esa ikkinçi örinni ham Albaniyaga boy berib qöydi.
Albaniya – Latviya 1:0
Gollar: Aslani (25 penalti)
Albaniya: Strakoşa, Ayyeti, Jimsiti, Mitay, Hyusay, Şehu, Aslani, Lyaçi (Payaziti, 83), Bayrami (Xöja, 67), Broyya (Kumbulla, 90+1), Manay (Daku, 83)
Latviya: Zviyedris, Balodis, Çernomordiy, Melnik (Savalniyeks, 46), Tsiganik, Yurkovskis (Regja, 88), Vapne (Savelev, 61), Zelenkov, Varslavans, Daşkeviç (Gutkovskiy, 61), Şits (Melnis, 78)
Ogohlantirişlar: Şits, 15. Yurkovskis, 27. Çernomordiy, 55
Kunning eng zerikarli öyini albanlar ğalabasi bilan yakunlandi. Öyindagi yagona gol Italiya A Seriyasida öynayotgan Kristyan Aslani tomonidan urildi. U birinçi bölim örtalarida penaltini aniq ijro etdi va bu ğalaba uçun yetarli böldi. Albaniya guruhda ikkinçi örinda. Hozirça Serbiyadan yuqorida, ammo serblar bitta kamroq öyin ötkazişgan.

11 oktyabr. Latviya — Andorra, Serbiya — Albaniya.
14 oktyabr. Latviya — Angliya, Andorra — Serbiya.
F guruhi
Budapeştdagi triller
Vengriya – Portugaliya 2:3
Gollar: Varga, 21 (1:0). Bernardu Silva, 36 (1:1). Kriştianu Ronaldu, 58 - penalti (1:2). Varga, 84 (2:2). Joau Kanselu, 86 (2:3)
Vengriya: B. Tot, Salai, Orban, Kerkez (Dardai, 90), Nego, Stayls (Vitaliş, 81), Soboslai, A. Tot (Etveş, 60), Nad (Lukaç, 60), Bolla (Gruber, 90), Varga
Portugaliya: Koşta, Ruben Diaş, Joau Kanselu, Nunu Mendeş, Joau Neveş (Palinya, 79), Ruben Neveş, Vitinya (Silva, 87), Brunu Fernandeş (Trinkan, 66), Bernardu Silva, Pedru Netu (Joau Feliks, 79), Kriştianu Ronaldu (Ramuş, 87)
Ogohlantirişlar: Varga, 57 – Bernardu Silva, 77. Palinya, 90
Budapeştdagi öyindan oldin ijtimoiy tarmoqlarda 2009 yilda olingan foto virusdek tarqaldi, Vengriya va Portugaliyaning JÇ-2010 saralaşi doirasidagi özaro öyinida futbolçilarga hamrohlik qilib maydonga çiqqan bolalar aks etgan suratda ulardan biri Soboslai ekani ma’lum bölgandi.

Öşanda, tabiiyki, Kriştianu Ronaldu ham tarkibda bölgan, uning Andre Silvaga pasi mehmonlarga ğalaba keltirgandi. Ön olti yil ötib Soboslai endi vengrlar jamoasi sardori sifatida portugaliyalik yulduzga raqib bölib maydonga çiqdi hamda u va jamoasiga maksimal muammo tuğdirişga harakat qildi. Aynan «Liverpul» yarimhimoyaçisi Varganing birinçi goli urilgan hujumni boşlab berdi.
Voqealarning bunday rivojini köpçilik kutmagandi, qolaversa, mezbonlar darvozasidagi Balaj Tot Ronalduning yaqin masofadan yöllagan kuçli zarbasini aqlbovar qilmas seyv ijro etib qaytardi, ammo u baribir sehrgar emas. Birinçi bölimning özida Bernardu Silva hisobni tenglaştirdi. Ikkinçi bölimda esa Kriştianu baribir öz maqsadiga erişdi. U burçakdan oşirilgan töpga bergan zarbadan keyin Nego töpni qöli bilan öynadi, belgilangan penaltini uning özi aniq ijro etdi. Bu 40 yoşli futbolçining karerasidagi 943-golga aylandi.
Ammo keçaning asosiy dramasi hali oldinda edi. Nego xatosini tuzatdi va Varganing dubliga kömaklaşdi, ammo Soboslaining xatosi Joau Kanselu ğalaba golini urişi bilan yakunlandi. Bu vaqtda Kriştianu öyinni rekordçi sifatida zaxira örindiğida ötirib kuzatayotgandi — endi u 39 gol bilan saralaş turnirlari rekordçisi, gvatemalalik Karlos Ruisga yetib oldi.
Armaniston – Irlandiya 2:1
Gollar: Spersyan (45+1 penalti), Ranos (51) – Fergyuson (57)
Armaniston: Çançareviç, Muradyan, Arutyunyan, Tiknizyan, Piloyan, Ivu, Spersyan, Selarrayyan (Serobyan, 78), Barsegyan (Şagoyan, 78), Oganesyan, Ranos (Biçaxçyan, 66)
Irlandiya: Kelleher, ÖŞi, ÖBrayyen, Kollinz, Kallen (Jonston, 70), Nayt, Eyzas (Fillips, 70), Teylor (Ida, 46), Menning (Skeyls, 82), Fergyuson, Ogbene (Makatir, 46)
Ogohlantirişlar: Oganesyan, 90 – Nayt, 80
Armaniston milliy jamoasi JÇ-2026 saralaşidagi ilk ğalabasiga erişdi. Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Eduard Spersyan penaltini aniq ijro etib hisobni oçdi, ikkinçi bölim boşida esa u boşlab bergan hujumda ikkinçi gol urildi. Eduard Tiknizyanni töp bilan ta’minladi, uning jarima maydoniga uzatmasidan keyin Grant-Leon Ranos hisobni 2:0 körinişiga keltirdi. Evan Fergyuson tezda javob golini urdi, ammo irlandlarning bundan ortiğiga kuçi yetmadi, öyin oxirida esa hakam Armanistonning uçinçi golini ofsayd holati tufayli bekor qildi.

11 oktyabr. Vengriya – Armaniston, Portugaliya – Irlandiya.
14 oktyabr. Portugaliya – Vengriya, Irlandiya – Armaniston.
D guruhi
Fransiyaning 200-ğalabasi
Fransiya – Islandiya 2:1
Gollar: Mbappe (45 penalti), Barkolya (62) – A. Gudyonsen (21)
Fransiya: Menyan, Upamekano, Konate, Ernandez, Kunde (Gyusto, 63), Tşuameni, Kone, Olise (Ekitike, 90+6), Tyuram (Rabio, 70), Barkolya (Koman, 63), Mbappe
Islandiya: Oulafsson, Gretarsson (Hlinsson, 82), Ingason, Ellersson, Palsson, Haraldsson, Yoxannesson (Helgason, 70), Anderson (Magnusson, 64), Torsteynsson (Tordarson, 70), D. Gudyonsen (Byarkason, 64), A. Gudyonsen
Ogohlantirişlar: Kone, 29. Ernandez, 54. Mbappe, 90 – Anderson, 44. A. Gudyonsen, 67
Çetlatiş: Tşuameni, 68
Jarohat tufayli Dembele va Duedan ayrilgan Fransiya XXI asrdagi 200-ğalabasiga erişdi, ammo bu ğalabaga osonlik bilan erişilmadi. Odatda raqib darvozasi atrofida magiyasini işga soladigan Olise öz jamoasi jarima maydoni içida qöpol xatoga yöl qöydi va hisobni oçgan Andri Gudyonsenni töp bilan ta’minladi.

Bungaça esa «uçranglilar» harçand urinsa ham Olafsson qöriqlayotgan darvozaga gol ura olmayotgandi. Avvaliga Tyuram yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, keyin uning yaqin masofadan boşda yöllagan zarbasini ham, qaytgan töpga Kone yöllagan zarbani ham islandiyalik posbon qaytarib qoldi. Fransuzlar hisobni faqat penalti yordamida tenglaştirişdi, Mbappe nuqtadan aniq zarba berib, terma jamoadagi gollari sonini 52 taga yetkazib oldi va terma jamoaning eng yaxşi töpurarlari röyxatida Tiyerri Anridan özib ketdi. Olive Jiruning rekordigaça yana beşta aniq zarba qoldi.
Şu kuni 27-bor terma jamoani sardor sifatida maydonga boşlab tuşgan (Zidanning butun karerasida şunça sardorlikdagi öyin bölgan) Kilian öyin qahramoniga aylandi. U ikkinçi bölimda himoyaçilardan qoçib ketdi va özi ham zarba berişi mumkin bölgan holatda yanada qulayroq pozitsiyada oçilgan Barkolyani töp bilan ta’minladi. Islandiya esa soçilib ketmadi va favoritni qiynaşda davom etdi.

Qolaversa, Fransiya Tşuamenining maydon markazidagi qöpol podkatidan keyin bir kişi kam bölib qoldi. Keyin esa mezbonlar gol ham ötkazib yubordi, ammo videotakrordan keyin Gudyonsen Konatega fol işlatgani ma’lum böldi.
Ozarboyjon – Ukraina 1:1
Gollar: Maxmudov (72 penalti) – Sudakov (51).
Ozarboyjon: Magomedaliyev, Mustafazade, Krivotsyuk, Badalov, Jafarguliyev, Aliyev (Guseynov, 66), Maxmudov, Axmedzade (Bayramov, 53), Xaybulayev (Abdullazade, 78), Dadaşov (Nuriyev, 66), Emreli (Gurbanli, 66)
Ukraina: Trubin, Zabarniy, Matviyenko, Zinçenko (Mixayliçenko, 84), Konoplya, Kalyujniy (Yarmolyuk, 61), Bondarenko (Şaparenko, 75), Oçeretko (Voloşin, 75), Sudakov, Zubkov, Vanat (Dovbik, 61)
Ogohlantirişlar: Dadaşov, 42. Maxmudov, 84. Magomedaliyev, 90 – Kalyujnyy, 57. Zinçenko, 71. Şaparenko, 90
Fransiya bor guruhda qolganlar ikkinçi örin (va ötiş öyinlariga ötiş imkoniyatiga ega böliş) uçun kuraşişadi. Guruhda qolgan uç jamoada ham imkoniyat teng körinmoqda, Fernandu Santuşning iste’fosidan keyin Ozarboyjon jamoasi ham jonlandi. Yoşlar jamoasida işlab kelgan Ayxan Abbasov boşqaruvida kavkazliklar Ukrainadan oçko olişdi. Sergey Rebrov şogirdlari esa birinçi turda betaraf maydonda fransuzlarga yutqazgandi (0:2), endi Bokuda bir oçko bilan kifoyalanişga majbur bölişdi.

10 oktyabr. Fransiya – Ozarboyjon, Islandiya – Ukraina
13 oktyabr. Islandiya – Fransiya, Ukraina – Ozarboyjon.
H guruhi
Rangnikda ğalabali seriya
Bosniya va Gersegovina – Avstriya 1:2
Gollar: Zabitser, 49 (0:1). Djyeko, 50 (1:1). Laymer, 65 (1:2)
Bosniya va Gersegovina: Vasil, Muxaremoviç, Katiç, Muyakiç (Bajdar, 88), Memiç (Başiç, 72), Taxiroviç (Bayraktareviç, 72), Gigoviç (Alaybegoviç, 72), Şuniç, Demiroviç, Dediç (Gazibegoviç, 60), Djyeko
Avstriya: A. Şlager, Alaba (Danso, 79), Linxart, Mvene, Laymer, K. Şlager (Grilliç, 62), Zayvald, Baumgartner (Prass, 90+3), Zabitser, Şmid (Vimmer, 62), Gregoriç (Arnautoviç, 62)
Ogohlantirişlar: Muyakiç, 45. Katiç, 87 - Zabitser, 70. Vimmer, 87. Mvene, 89
Çetlatiş: Vimmer, 90 (ikkinçi sariq)
H guruhi yetakçilari töqnaşuvida Avstriya futbolçilari öz muxlislarini xursand qilişdi. Birinçi bölimda gol urilmadi. Avstriya boş murabbiyi Ralf Rangnik tanaffusda velosipedda maydonni sayr qilişi — öyinning şu vaqtgaça bölgan qismidagi eng qiziq voqea böldi.

Tanaffusdan keyin esa öyin quvnoqroq tus oldi. Avvaliga Marsel Zabitser mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi, ammo 39 yoşli Djyeko köp ötmay muvozanatni tikladi. Ammo yakunda avstriyaliklar baribir asosiy raqib maydonidan uç oçko bilan qaytadigan bölişdi — Konrad Laymer ğalaba goli muallifi. Endi Rangnik şogirdlari zaxirada bir öyin bor holda guruh jadvalida bosniyaliklarga yetib olişdi.
Kipr – Ruminiya 2:2
Gollar: Dreguş, 2 (0:1). Dreguş, 18 (0:2). Loizu, 29 (1:2). Xaralambus, 77 (2:2)
Kipr: Fabianu, Siyelis, Laifis, Pileas (Korrea, 46), Şikkis, Kusulos (Xaralambus, 62), Kastanos, Kosti (Kiriaku, 68), Loizu (Kakullis, 62), Tsionis (Kutsakos, 89), Pittas
Ruminiya: Moldovan, Gitse, Burke, Banku, Ratsyu, M. Marin, Stançu, R. Marin (Şut, 80, Tenase, 85), Dobre (Mikulesku, 65), Man (Soresku, 80), Dreguş
Ogohlantirişlar: Kusulos, 48. Pittas, 54. Xaralambus, 90 - Banku, 21. Burke, 44
Birinçi bölimda ruminlar ikki marta gol urganida kiprliklar maydonga maqsadsiz tuşişgandek edi. Denis Dreguş dubl qayd etdi, uning jamoasi a’lo kayfiyatda edi. Biroq mezbonlar öziga kelişdi. Birinçi bölimda bitta javob qaytarildi, ikkinçi bölimda esa keyin Xaralampos Xaralampus Kiprni mağlubiyatdan qutqarib qoldi. Ruminiya muhim oçkolarni boy berdi va pley-offga çiqiş imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytirdi.

9 oktyabr. Kipr – Bosniya va Gersogovina, Avstriya – San-Marino
12 oktyabr. San-Marino – Kipr, Ruminiya – Avstriya.












