I guruhi

Holand – gol mashinasi

Norvegiya – Isroil 5:0
Gollar: Xalaili, 18 – avtvgol (1:0). Holand, 27 (2:0). Naxmias, 28 – avtogol (3:0). Holand, 63 (4:0). Holand, 72 (5:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Xolann, 6’
Norvegiya: Nyulann, Ayyer, Heggem, Volfe (Berkan, 76), Ryuerson, Berge, Berg (Osgor, 76), Bobb (Dennum, 76), Nusa (Shelderup, 85), Serlot (Larsen, 76), Holand
Isroil: D. Perets, Naxmias (Baltaksa, 31), E. Perets, Blorian, Revivo, Dasa (Mizrahiy, 71), Gluh (Turgeman, 87), Abu Fani (Noy, 46), Solomon, Biton (Baribo, 71), Halaili
Ogohlantirish: Turgeman, 89

Oslodagi o‘yinda, kutilganidek, tribunalarda Falastinning ham ko‘plab bayroqlari ko‘tarildi. O‘yinning o‘zi esa Holand penaltini aniq ijro eta olmasligi bilan boshlandi, holbuki unda ikkita urinish bo‘lgandi (birinchi urinishda darvozabon o‘rnidan vaqtliroq qimirlab qo‘ygani uchun). U to‘pni turli burchaklarga yo‘naltirganiga qaramay, Daniel Perets uning ikki zarbasini ham qaytardi. 18-daqiqada esa isroilliklar yarimhimoyachisi Xalaili o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Erlingning o‘zi birinchi bo‘lim o‘rtalarida baribir o‘z golini urdi va terma jamoadagi golli seriyasini to‘qqiz o‘yinga yetkazdi. Bir daqiqa o‘tib endi isroilliklar himoyachisi Holandning bosimi ostida harakatlanib, darvozabondan qaytgan to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yubordi. U oqshomning eng omadsiz futbolchisiga aylandi va bir necha daqiqa o‘tib jarohat tufayli maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘limda Erling yana ikki gol urdi va milliy jamoa safidagi 46-o‘yinida gollari sonini 51 taga yetkazib qo‘ydi. Shundan 13 tasi hozirgi saralash sikliga to‘g‘ri keladi u olti o‘yinda shuncha gol urishga ulgurdi. Norvegiya esa olti o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. Endilikda Stol Solbakken shogirdlari o‘zi uchun kamida pley-off masalasini hal qildi, Isroil uchun esa keyingi turda Italiyaga qarshi o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Estoniya – Italiya 1:3
Gollar: Kin, 5 (0:1). Retegi, 38 (0:2). Espozito, 74 (0:3). Sappinen, 76 (1:3)
Aniq ijro etilmagan penalti: Retegi, 30’
Estoniya: Xeyn, Kuusk (Mets, 62), Paskochi, Saliste (Shenning-Larsen, 46), Peetson, Sheyn (Mustmaa, 83), Palumets (Sinyavskiy, 46), Soomets, Saarma, Kyayt, Tamm (Sappinen, 62)