Angliya: safar komplekslari

«Vest Hem» – «Nyukasl Yunayted» 3:1
Gollar: Myorfi, 4 (0:1). Lukas Paketa, 35 (1:1). Botman, 45+5 - v svoi vorota (2:1). Souçek, 90+7 (3:1)
«Vest Hem»: Areola, Kilman, Todibo, Diuf, Van-Bissaka, Lukas Paketa, Pots, Fernandeş (Igor, 85), Sammervill (Uoker-Piters, 79), Bouen, Uilson (Souçek, 61)
«Nyukasl Yunayted»: Poup, Botman (Barns, 65), Tşau, Bern, Kraft (Şer, 46), Tonali, Joelinton, Gimarayns, Gordon (Remsi, 46), Myorfi (Elanga, 77), Voltemade (Osula, 46)
Ogohlantirişlar: Lukas Paketa, 90 – Gimarayns, 30. Remsi, 90

«Vest Hem» ötgan oyda Grem Potterni işdan böşatib, uning örniga Nunu Eşpiritu Santuni tayinladi. Portugaliyalik mutaxassis ilk öyinida «Everton» bilan safarda durangga erişgandi, ammo şundan keyingi uç öyinda ançadan buyon gol ham ötkazmayotgan «Arsenal», şuningdek, nisbatan oson raqiblar bölgan «Brentford» va «Lids»ga yutqazdi. Lekin «bolğaçilar» «Nyukasl»ga jiddiy muammo tuğdira oldi.

Holbuki «qarğalar» uçun öyin ideal boşlangandi — Myorfi qarşi hujumda tezkor gol urdi. Ammo bölim davomida Lukas Paketa jarima maydoni taşqarisidan yöllagan kuçli zarbasi bilan Poupni ilojsiz ahvolda qoldirdi, birinçi bölimga qöşib berilgan beşinçi daqiqada esa londonliklar Botmanning avtogoli evaziga hisobda oldinga çiqib oldi. Öyinning ikkinçi bölimida esa «Vest Hem» hisobni saqlab qoliş uçun öynadi. Jarima maydoni atrofida «avtobus» qöygan mezbonlar qarşi hujumda imkon izladi. Avvaliga APLning joriy mavsumida ilk bor boşlanğiç tarkibda tuşgan Potsning goli hujumda iştirok etgan Souçek ofsaydda qolib ketgani tufayli bekor qilindi, ammo aynan uşbu çexiyalik futbolçi öyin oxirida uçinçi golni urdi.

«Vest Hem» muxlislari nihoyat jamoaning uydagi ilk ğalabasiga guvoh bölişdi, turnir jadvalining ikkinçi qismidan çiqa olmayotgan «Nyukasl» esa safar öyinlaridagi noxuş seriyani davom ettirmoqda: qatorasiga sakkiz safar öyinida 4 durang va tört mağlubiyat – bunaqasi sönggi tört yillikda kuzatilmagandi.

«Mançester Siti» – «Bornmut» 3:1
Gollar: Holand, 17 (1:0). Adams, 25 (1:1). Holand, 33 (2:1). ÖRayli, 60 (3:1)
«Mançester Siti»: Donnarumma, Ruben Diaş, Gvardiol, ÖRayli, Mateus Nunes, Gonsales, Bernardu Silva (Ait Nuri, 90), Foden (Rodri, 90), Doku (Reynders, 73), Şerki (Savio, 73), Holand (Marmuş, 82)
«Bornmut»: Petroviç, Senesi, Diakite, Tryuffer, Ximenes (Kuk, 62), Skott (Kristi, 73), Adams (Douk, 80), Bruks (Klyuyvert, 62), Semenyo, Taverniyer, Krupi (Evanilson, 62)
Ogohlantirişlar: Donnarumma, 26. Foden, 45 – Tryuffer, 65. Klyuyvert, 87

Erling Holand «Siti»ni yolğiz özi oldinga boşlaşda davom etmoqda. Bu safar uning gollari mavsum kaşfiyoti, sakkiz öyindan buyon mağlubiyatsiz seriya qayd etayotgan «Bornmut»ni yengiş uçun qöl keldi. Iraola şogirdlari bu tur arafasida ikkinçi örinda, Gvardiola şogirdlari esa sakkizinçi örinda edi. Ammo birinçi bölimda «olçalar» jamoasi Holanddek tezkor hujumçiga qarşi yuqori çiziqda himoyalanişi pand berdi. Norvegiyalik forvard ikki bor Şerkining uzatmalarini golga aylantirdi va Donnarummaning xatosi tufayli ötkazilgan gol ahamiyatini yöqqa çiqardi. U mavsumning 10 öyinida urgan gollari sonini 13 taga yetkazib oldi. Bu APLdagi boşqa istalgan futbolçining natijasidan yetttitaga köproq.

Ikkinçi bölimda ÖRayli özining bu mavsumdagi ilk goli bilan amalda öyin taqdirini hal qildi, unga şu kuni APLdagi yubiley 200-öyinida maydonga tuşgan Foden assistentlik qildi. «Bornmut» safar öyinlarida özi uçun öta noqulay bölgan raqibga bu safar ham yutqazdi, uşbu jamoa «Etihad»dagi sönggi töqqiz öyinining barçasida yutqazgan, töplar nisbati 4:34! Bu ğalabadan keyin «Siti» ikkinçi öringa kötarildi, ammo birinçi örindagi «Arsenal» bilan farq olti oçkoni taşkil etmoqda. «Bornmut» esa qöşimça körsatkiçlar tufayli uçinçi örinni ham «Liverpul»ga topşirib, törtinçi örinda joylaşgan.

Ispaniya: «Barsa» klasikodan keyin tezda öziga keldi

«Barselona» – «Elçe» 3:1
Gollar: Yamal, 9 (1:0). Torres, 11 (2:0). Mir, 42 (2:1). Reşford, 61 (3:1)
«Barselona»: Şçensni, Arauxo, Garsiya, Balde (Martin, 74), Kunde, Kasado, Fermin Lopes (Olmo, 66), de Yong, Reşford (Levandovski, 74), Yamal (Fernandes, 88), Torres (Barji, 88)
«Elçe»: Penya, Bigas (Fort, 70), Affengryuber, Nunes, Pedrosa (Donald, 82), Aguado, Febas, Neto (Mendosa, 46), Mir, Valera (Santyago, 70), Andre Silva (Rodriges, 74)
Ogohlantiriş: Neto, 35

Kataloniyaliklarning yakşanba kungi öyinidan oldin insayderlar Yamal maş’uqasi bilan aloqalarini uzib, bor e’tiborini futbolga qaratmoqçi ekani haqida xabarlar tarqatdi. Bundan taşqari, u sönggi vaqtlarda oğriq bilan öynagani va bu uning harakatlariga ta’sir körsatgani, ammo endi maxsus dastur va tiklaniş maşqlari uni bunday muammolardan xalos qilgani xabar qilindi.

«Elçe»ga qarşi öyin boşlanganida esa futbolçi bu xabarlarni tasdiqlagandek, darvozani işğol qildi. Ammo amalda kök-anorranglilar ğalabaga oson erişmadi, «Elçe» esa qarşi hujumda Fermin Lopes va Ferran Torresning kombinatsiyasidan keyin ikkinçi golni ötkazib yuborganida ham hujumkorlikni kamaytirmadi. Birinçi bölim oxirida hisobni qisqartirgan Rafa Mir ikkinçi bölimda darvoza tösinini poyladi, Reşfordning goliga javoban uyuştirilgan qarşi hujumda esa uning zarbasi ustunga bordi. «Elçe» töpga egalik qiliş böyiça ham «Barsa»dan ustunlik qildi (51 foiz), bunaqasi Segundadan çiqqan jamoalarning kataloniyaliklarga qarşi öyinlarida 20 yildan buyon kuzatilmagandi.

Yakunda ğalabali hisobni saqlab qolgan «Barsa» turnir jadvalida «Vilyarreal»ni quvib ötib, yana ikkinçi öringa qaytdi. Peşqadam «Real» bilan oradagi farq 5 oçkoligiça qolmoqda.

Italiya: Menyandan möjizaviy seyv va «Inter»ning xarakteri

«Verona» – «Inter» 1:2
Gollar: Zelinski, 16 (0:1). Jovane, 40 (1:1). Frese, 90+4 - avtogol (1:2)
«Verona»: Montipo, Nelsson, Frese, Bella-Kotçap, Akpa-Akpro (Arrui, 88), Berned (Nyass, 73), Galyardini, Bradariç, Belgali, Orban (Moskera, 73), Jovane (Sarr, 80)
«Inter»: Zommer, Bissek, Bastoni, Akanji, Zelinski (Dyumfris, 55), Suçiç (Frattezi, 88), Hoqon Çalxonöğli, Karlos Augustu (Dimarko, 65), Luis Enrike (Barella, 55), Martines, Bonni (Espozito, 55)
Ogohlantirişlar: Orban, 41. Bella-Kotçap, 90 – Bissek, 67

«Inter» yana «Yuventus»dan uzoqlaşdi va qiyin ğalabaga erişib, live rejimida uçinçi öringa kötarildi. Holbuki turnir jadvalining quyi qismidagi jamoaga qarşi öyinda neradzurrilar muammoga duç kelişi taxmin qilinmayotgandi. Amalda ham mehmonlar tezkor gol bilan hisobni oçişdi, 16-daqiqada Hoqon Çalxonöğli burçakdan töp uzatdi, jarima maydoni çiziği yaqinida havodagi töpni töxtatmay zarba bergan Zelinski çempionatda mavsum hit-paradidan örin oladigan gollardan birini urdi. Ammo «Verona» birinçi bölimdayoq hisobni tenglaştirdi, ikkinçi bölimda esa mardonavor himoyalandi. Faqat öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Barella jarima maydoniga uzatgan töpni mezbonlar himoyaçisi Frese öz darvozasiga kiritib qöydi va jamoasining alamli mağlubiyatiga sababçi böldi.

«Milan» – «Roma» 1:0
Gol: Pavloviç, 39 (1:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Dibala, 82’
«Milan»: Menyan, Gabbia, Pavloviç, de Vinter, Riççi, Modriç, Fofana, Bartesagi, Salemakers (Atekame, 88), Leau (Tomori, 90+4), Nkunku (Loftus-Çik, 84)
«Roma»: Svilar, N`Dika, Ermoso (Tsimikas, 84), Mançini, Al-Aynaviy (Pellegrini, 52), Kone, Uesli Vinisius, Zeki Çelik (Dovbik, 77), Kristante, Soule (Beyli, 51), Dibala (Baldansi, 84)
Ogohlantirişlar: Fofana, 78 – Al-Aynaviy, 34. Uesli Vinisius, 74. Zeki Çelik, 75. Ermoso, 83. Mançini, 90

«Roma» uçun «San-Siro»dagi öyin turnir jadvalida yakkapeşqadam bölib oliş uçun jangga aylandi va rimliklar avvaliga raqibga qaraganda ötkirroq harakatlanişdi. Dibala şedevr gol muallifi bölişi mumkin edi, ammo uning butsasining taşqi qismi bilan olis «töqqizlik»ka yöllagan zarbasi biroz xato ketdi. Raqib hujumçisi Rafael Leau esa çinakamiga çiroyli golli harakatni amalga oşirdi, u öz uslubida qanotda himoyaçidan qoçib ketdi va jarima maydoniga yorib kirib, töpni qulay nuqtada özini taklif qilgan Pavloviçga oşirdi. Bir neça daqiqa ötib Fofana öyin taqdirini hal qilib qöyişi mumkin edi, ammo uning qulay pozitsiyadan yöllagan zarbasiga aniqlik yetişmadi.

Ikkinçi bölim boşida rossonerilar rimliklar darvozasini qamal qildi. Mehmonlar darvozaboni Svilar Leau özi ham gol urişiga yöl qöymadi, holbuki bu vaziyatda töp Mançinining oyoğiga tekkan holda yönalişini özgartirib, uning vazifasini yanada qiyinlaştirgandi. Keyin esa «börilar»ni ustun qutqarib qoldi. Vaziyatlardan foydalana olmagan «Milan» jazolanişi mumkin edi, 84-daqiqada jonli devorda turgan Fofana töpni qöli bilan öynadi va mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi. Ammo Menyan deyarli ilojsiz işni amalga oşirib, Dibala ijrosidagi penaltini bartaraf etdi. Rimliklar uçun yanada alamlisi, argentinalik hujumçi zarba beriş çoğida oyoğini qayirib oldi va maydonni erta tark etişga majbur böldi.

A Seriyaning bu mavsumida ham turnir jadvalining yuqori qismida jiddiy kuraş ketmoqda. Bu turda golsiz durang qayd etganiga qaramay, «Napoli» birinçi örinni özida saqlab qoldi. Lekin «Inter», «Milan» va «Roma» bir oçkolik farq bilan ta’qib qilmoqda.