Joriy yilning 10 mart kuni Ta'lim inspeksiyasi va Finlyandiya Milliy ta'lim agentligi vakillari örtasida oliy ta'lim tizimida öquv dasturlarini takomillaştiriş böyiça tajriba almaşiş masalasiga bağişlangan onlayn seminar taşkil etildi.

Unda Ta'lim inspeksiyasi boşliği Uluğbek Toşkenboyev, inspeksiyaning tegişli bölim va boşqarma boşliqlari, «Erasmus+»ning Özbekistondagi Milliy ofisi rahbari Aziza Abdurahmonova hamda Finlyandiya Milliy ta'lim agentligi eksperti Annika Sundbek-Lindroos iştirok etdi.

Ta'lim inspeksiyasi boşliği Uluğbek Toşkenboyev ta'lim sifatini oşirişda xalqaro ilğor tajribalar, xususan, Finlyandiya tajribasining örganilişi, bu borada amalga oşirilayotgan işlar va istiqboldagi rejalarga töxtalib ötdi.

«Ta'lim inspeksiyasi, tegişli vazirliklar hamda Finlyandiya vakillari bilan hamkorlikda mamlakatimiz ta'lim tizimini takomillaştiriş böyiça işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, ötgan vaqt davomida Finlyandiya tajribasini örganiş va uni respublikamizda joriy etişga qaratilgan tizimli vazifalardan iborat «Yöl xaritasi» loyihasi işlab çiqildi.

Şuningdek, finlyandiyalik hamkorlar bilan ötkazilgan muntazam muloqotlar natijasida uşbu mamlakatda bugungi kunda qöllanilayotgan öquv dasturlari özbek tiliga tarjima qilindi va izçillik bilan örganilmoqda.

Bunda mavzular uçun ajratilgan öquv soatlari, ta'lim jarayonlarida öqituvçi va öquvçiga qöyiladigan talablar ham fan yönalişlari böyiça taqsimlangan ekspertlar guruhlari tomonidan qiyosiy tahlil qilinmoqda.

Mazkur jarayonda Finlyandiya ta'lim tizimining mahalliy şaroitga mos jihatlari yangilanadigan öquv dasturlariga singdiriladi», – dedi Uluğbek Toşkenboyev.

Muloqot davomida finlyandiyalik ekspert Annika Sundbek-Lindroos Finlyandiyada ta'lim jarayonlari taşkil etilişida öqituvçilarni tayyorlaş va ularni tanlab oliş böyiça tajribalari bilan örtoqlaşgan.

«Finlyandiyada öqituvçilik kasbi uçun qöyilgan eng asosiy talablardan biri - ular magistrlik darajasiga ega bölişi kerak. Çunki öqituvçi, avvalo, jamiyatning yönaltiruvçi kuçi hisoblanadi. Şuningdek, uşbu kasb ilmiy tadqiqot bilan muntazam boğliqdir.

Umuman, Finlyandiya ta'lim tizimida kadrlar tayyorlaş tizimi ikki yönalişga bölinadi: kasbga va tadqiqotga yönaltiriş. Şu nuqtayi nazardan qaralganda, mamlakatda ta'lim tadqiqot bilan uzviy boğlangan holda olib boriladi.