Ta'lim inspeksiyasi Finlandiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda xorijiy tillarni öqitiş tajribasini örganiş olib bormoqda. Unda bevosita çet tillarini sifatli öqitiş işlari örganilmoqda.
Şuningdek, inspeksiya tomonidan milliy ta'lim tizimida çet tillarini öqitiş borasida mavjud muammolar, pedagog kadrlar salohiyati tahlil qilindi.
Aniqlandiki, çet tilini öqitişda 3 ta asosiy muammo mavjud:
- birinçidan, öqituvçilar malakasining yetişmasligi;;
- ikkinçidan, metodika eskirgan;
- uçinçidan, öquv va ta'lim dasturlarining zamon talablariga moslaşmayotganligi.
Finlandiya va Janubiy Koreyada ham 30–40 yil davomida şunday muammolar bölgan va ular bu muammoning yeçimi sifatida 3 yönalişda işlaşgan:
1. Öqituvçilarning malakasini oşiriş, uning jamiyatdagi obrösini va kasb sifatida jozibadorligini kötarişga katta e'tibor berişgan.
2. Çet tilini öqitiş metodikalarini jahonda e'tirof etilgan va sinalgan metodikalar asosida takomillaştirişgan.
3. Ta'lim dasturlari zamona talabi va eng yaxşi xorijiy tajribalar asosida takomillaştirilgan hamda sohada soğlom raqobat bölişi ta'minlagan.
Şundan kelib çiqib, biz bir neçta taklifni ilgari suryapmiz:
1. Uzluksiz ta'lim tizimida çet tillari öqituvçilarining malakasini oşiriş işlarini va kasbiy rivojlanişining uzluksiz vertikal tizimini joriy etiş lozim.
Bunda birinçi navbatda malaka oşirişda öqigan har bir öqituvçi minimal talabga erişişiga e'tibor qaratiş maqsadga muvofiq. Öqituvçilar mustaqil rivojlanişi va malaka oşirişlari böyiça oçiq resurslarni yaratiş va ularni yagona platformaga joylaştiriş lozim.
Öqituvçilarga kuçli ustozlarni biriktirib, til örganişni doimiy jarayonga aylantiriş kerak. Uşbu maqsadda çet tili öqituvçilarining metod kuni hisoblanmiş juma kunlari tajribali öqituvçisi bor tayanç maktablar bazasida uzluksiz malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş kerak. Bu jarayonga Britaniya kengaşi, Gyote instituti, Fransiya Alyansi, KOICA, JAICA kabi xalqaro taşkilotlar va nodavlat sektorni jalb etiş maqsadga muvofiq.
















