Joriy yilning 18 mart kuni Özbekiston Respublikasining «Osiyo va Tinç okeani mintaqasida oliy ta'lim sohasida malakalarni tan oliş töğrisida»gi YuNESKO konvensiyasiga a'zo bölişiga bağişlangan yuqori darajadagi onlayn maslahat uçraşuvi bölib ötdi.

YuNESKO işlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, YuNESKOning Toşkentdagi vakolatxonasi, YuNESKOning Osiyo va Tinç okeani mintaqasi Ta'lim böyiça byurosi, Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan taşkil etilgan tadbirda sözga çiqqan Ta'lim inspeksiyasi boşliği Uluğbek Toşkenboyev xorijiy davlatlarda olingan diplomlarni tan oliş jarayoni yildan yilga soddalaştirib borilayotganini ta'kidladi.

«Ta'lim inspeksiyasining asosiy maqsadlaridan yana biri xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan olişni soddalaştiriş hamda xalqaro mezonlar darajasiga olib çiqişdan iborat», – dedi Uluğbek Toşkenboyev.

Inspeksiya rahbari uşbu maqsad doirasida qator işlar amalga oşirilganini qayd etib ötgan.

Xususan, fuqarolarning xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarini tan oliş uçun arizalar beriş va guvohnomalarni oliş davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşirilişi yölga qöyilgani, fuqarolarning murojaatlarini körib çiqiş muddati 30 kundan 15 kunga qisqartirilgani ta'kidlab ötilgan.

Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlar töğridan töğri, ya'ni maxsus sinovlarsiz tan olinişi böyiça belgilangan körsatkiçlar soni oşirilgan. Xususan, xalqaro tan olingan taşkilotlar reytingida birinçi 500talik 1000talikka kengaytirilgan.

Xalqarolaşuv va talabalar mobilligi talablariga mos ravişda Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi bilan ta'lim, malaka va ilmiy darajalarni özaro tan oliş töğrisida hukumatlararo Bitim imzolangan.

Uluğbek Toşkenboyevga köra, ta'lim hujjatlarini tan oliş böyiça xalqaro hamjamiyat oldidagi muammolardan biri Özbekiston Respublikasining ta'lim tizimi töğrisida oçiq ma'lumotlarning yetarli emasligidir.

«Oçiq axborot tizimini yaratiş Özbekiston yoşlarining va professor-öqituvçilarining mobilligini oşiradi, xorijiy davlatlarda ta'lim oliş böyiça muammolarning va byurokratik tösiqlarning barham topişiga olib keladi.