Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yarashuv institutiga doir norma kiritilmoqda

«O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli qonun bilan tasdiqlangan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 21-1-modda bilan to‘ldirilishi rejalashtirilgan.
Unda yarashilganligi munosabati bilan ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish nazarda tutiladi.
Qayd etilishicha, kodeksning 40-moddasida (tuhmat), 41-moddasida (haqorat), 45-moddasida (fuqarolar turar joyi daxlsizligini buzish), 46-moddasida (fuqaroga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni oshkor etish), 46-1-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 52-moddasida (yengil tan jarohati yetkazish), 61-2-moddasida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 104-moddasida (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish), 183-moddasida (mayda bezorilik), 200-moddasida (o‘zboshimchalik) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma'muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Bir yil davomida kodeksning 21-1-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni takror sodir etgan shaxslar yarashilganlik munosabati bilan ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan tomonlar o‘zaro yarashganligi haqida xulosa tuzilib, ish hujjatlari huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ushbu kodeksning 308-2-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada uchta katta shahar rahbarlari hibsga olindi
Jahon | 16:16
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44
-
May oyida O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 15:43
Mavzuga oid

14:36 / 01.04.2025
Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi

19:19 / 25.03.2025
«Birinchi imkoniyat» doirasida tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi

21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi

17:05 / 20.02.2025