O‘zbekiston | 13:47 / 11.03.2021
3288
2 daqiqa o‘qiladi

Xivada yangi jamg‘arma tashkil etilishi kutilyapti. Unga budjetdan 5 mlrd so‘m ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Xiva shahar hokimligi huzuridagi “Xiva shahar infratuzilmasini rivojlantirish” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat loyihasi prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 98-sonli yig‘ilish bayoni 112-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Xiva shahri “Ichan qal'a” hududidagi 54ta madaniy meros obektlarida infratuzilmani yaxshilash hisobiga turistlarni jalb qilish maqsadida “Xiva shahar infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi”ni tashkil etish mo‘ljallanmoqda.

Bunda, “Xiva shahar infratuzilmasini rivojlantirish” jamg‘armasi tashkil etilgandan so‘ng boshlang‘ich resurs sifatida 2021 yilda respublika budjetidan 5 mlrd so‘m ajratilishi nazarda tutilgan.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi qabul qilinishi natijasida Xiva shahrining madaniy va turistik infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholi va turistlar uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish, turistik ahamiyatga ega obektlar barpo etish, turistlar oqimini ko‘paytirish va ularning hududda bo‘lish muddatini uzaytirishga imkon beruvchi xizmatlar sifati va turizm yo‘nalishlarini takomillashtirish, shuningdek, Xiva shahrining investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashga erishiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid