Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 09:20 / 12.03.2021
5554
1 daqiqa o‘qiladi
Ikki oyda 1 251ta qurilish korxonasi tashkil etildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 mart holatiga respublikada jami 41 929ta qurilish korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qo‘mita xabarida aytilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 712taga ko‘p. 2021 yil yanvar-fevral oyida 1 251ta qurilish korxonasi yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni quyidagicha:
- Toshkent shahri – 8 191ta;
- Toshkent viloyati – 3 641ta;
- Qashqadaryo viloyati – 3 383ta;
- Farg‘ona viloyati – 3 303ta;
- Andijon viloyati – 3 163ta;
- Samarqand viloyati – 3 150ta;
- Buxoro viloyati – 2 795ta;
- Surxondaryo viloyati – 2 550ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 329ta;
- Namangan viloyati – 2 322ta;
- Jizzax viloyati – 2 058ta;
- Xorazm viloyati – 1 939ta;
- Navoiy viloyati – 1 595ta;
- Sirdaryo viloyati – 1 510ta.
Mavzuga oid
17:50 / 19.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni keskin oshdi. Eng ko‘p tashrif qaysi davlatlardan?
14:25 / 19.01.2026
Telekom xizmatlari geografiyasi: hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar ochiqlandi
13:12 / 19.01.2026
O‘zbekistonda 474,9 ming korxona: eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelyapti
12:25 / 19.01.2026