Milliy statistika qömitasi ma’lum qilişiça, 2025 yilda mamlakatda doimiy aholining örtaça umr köriş davomiyligi 75,4 yoşga yetgan.

Jumladan, ayollarning örtaça umr köriş davomiyligi 77,3 yoşni taşkil etgan bölsa, erkaklarniki 72,9 yoş bölgan.

Şu tariqa, statistik ma’lumotlarga köra, Özbekistonda ayollar erkaklarga nisbatan örtaça 4,4 yil uzoqroq umr körmoqda.

Avvalroq Milliy statistika qömitasi mamlakat aholisining örtaça yoşiga oid ma’lumotlarni ham e’lon qilgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, mamlakatda 0–4 yoşli bolalar soni 4 million 607 ming 149 nafarni taşkil etgan. Bu eng yirik yoş guruhlaridan biri hisoblanadi.

5–9 yoşdagilar soni 3 million 859 ming 606 nafar, 10–14 yoşdagilar 3 million 406 ming 515 nafar, 15–19 yoşdagilar esa 3 million 155 ming 802 nafarni taşkil qilgan.

20–24 yoş toifasida 2 million 662 ming 250 nafar, 25–29 yoşdagilar orasida 2 million 649 ming 263 nafar, 30–34 yoş guruhida esa 3 million 167 ming 974 nafar aholi qayd etilgan.

Şuningdek, 35–39 yoşdagilar soni 3 million 90 ming 226 nafar, 40–44 yoşdagilar 2 million 687 ming 261 nafar, 45–49 yoşdagilar 2 million 242 ming 676 nafarni taşkil etgan.