Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shuhratbek Abdurahmonov: «Andijon viloyati 2020 yilda Qirg‘iziston bilan 270 million dollarlik mahsulot ayriboshlagan»
11 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida imzolangan hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosim yakunida Batken viloyati hukumati vakili Omurbek Suvanaliyev va Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovlar OAV vakillariga intervyu berdi.
«Belgilangan vazifalarni amalga oshirish mumkin, bu bizning qo‘limizdan keladi. Ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirayotgan prezidentlarimizga rahmat», dedi Omurbek Suvanaliyev.
«Andijon viloyatining o‘zi 2020 yilda Qirg‘iziston bilan 270 million dollarlik mahsulot ayriboshlagan. Pandemiyaga qaramay, bu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 1,2 barobar ko‘p. Davlatimiz rahbari bu raqamni ikki barobar oshirish zarurligini ta'kidladi. Buning uchun barcha imkoniyatlarimiz bor», dedi Andijon hokimi Shuhratbek Abdurahmonov.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026