Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya tomonidan qo‘yilgan taqiqni bekor qilish bahonasida sodir etilgan firibgarliklar fosh bo‘ldi - Tergov departamenti
2021 yilning 31 yanvar kuni fuqaro N.R.ning arizasi yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu kuni soat 14:00larda Samarqand shahri Registon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlardan birida Turkiya fuqarosi U.J. va uning tanishlari, O‘zbekiston fuqarolari 23 yoshli M.P., 36 yoshli D.E., 25 yoshli Z.N. shartli mijoz sifatida jalb qilingan N.R.ga uni Turkiyadagi shirkat orqali 4 200 AQSh dollari evaziga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishlarini ma'lum qilib, dastlabki to‘lov sifatida 2 000 AQSh dollar pul mablag‘larini olgan vaqtida ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida, ijtimoiy tarmoqlarda U.J. va M.P. shirkat orqali Turkiya tomonidan qo‘yilgan taqiqni bekor qilish, chet el davlatlariga ishga yuborishi haqida ijtimoiy tarmoqlarga e'lon joylashtirib, Andijon, Samarqand va Toshkent shahrida yashovchi fuqarolardan aldov yo‘li bilan jami 6 000 AQSh dollar pul mablag‘lari olganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026