«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi
“Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari, jumladan, quyidagilarga yo‘naltiriladi:
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;
- yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta'lim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlar 75 foizigacha qismini qoplashga;
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
- mamlakatdagi oliy ta'lim muassasalarida o‘qiyotgan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari to‘lov-kontrakt summasi 50 foizigacha, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;
- “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda vasiylik kengashi tuziladi.
Vasiylik kengashi raisi har chorakda jamg‘arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga hisobot beradi.
Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limi jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va tuman (shahar) mahalliy budjetiga olib qo‘yilmaydi.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

15:52 / 15.05.2025
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi

10:54 / 24.03.2025
ChatGPT bilan muntazam muloqot xavfli oqibatlarga olib kelishi ma’lum qilindi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

15:40 / 18.02.2025