Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi
AQSh prezidenti Jozef Bayden O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevga yo‘llangan maktubda prezident va O‘zbekiston xalqiga eng ezgu tilaklar izhor etilgan.
Afg‘onistonda tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlar qayd etilib, Bayden administratsiyasi keyingi yillarda O‘zbekistonda erishilgan muvaffaqiyatlarni davom ettirish uchun hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
Quyida maktub matni keltiriladi:
«Hurmatli Prezident janoblari! Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tinch, baxtli va farovon bo‘lishini tilamoqchiman.
Afg‘onistonda urushga chek qo‘yadigan, barqaror va diplomatik yechimni ta'minlaydigan tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlarimizda Navro‘z bayrami tinchlik nihoyatda muhim ne'mat ekanini eslatib turadi.
Joriy yilda O‘zbekiston mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Keyingi yillarda Siz muhim islohotlarni amalga oshirdingiz va mening Administratsiyam bu muvaffaqiyatni davom ettirish uchun mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishga tayyor.
Biz, shuningdek, besh yil avval Davlat kotibi Jon Kerri rahbarligida boshlangan «C5+1» muloqoti doirasidagi hamkorlik davom etishidan umidvormiz.
Sizga va O‘zbekiston xalqiga shu yangi yilda va yangi bahor faslida eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Navro‘z muborak!».
Mavzuga oid
16:36 / 21.03.2026
Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda
14:19 / 21.03.2026
Navro‘z konsertida Amir Temur haqida kompozitsiya qo‘yildi
10:15 / 21.03.2026
Shavkat Mirziyoyev xalqni birdamlik va bunyodkorlikka chaqirdi
10:13 / 21.03.2026