Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada prezident mashinasiga hujum qilishda gumon qilinib 5 kishi qo‘lga olindi
Argentina politsiyasi mamlakat prezidenti Alberto Fernandes mashinasiga hujum qilishda gumon qilingan 5 kishini qo‘lga oldi.
Todo Noticias telekanalining xabar berishicha, hujum yuzasidan politsiya xodimlari tomonidan tergov harakatlari, jumladan bir nechta tintuv amalga oshirilgan. Politsiyachilar hujumda gumon qilingan 8 kishini aniqlashga va ulardan 5 nafarini ushlashga muvaffaq bo‘lgan.
Foto: Reuters
Fernandes ketayotgan mikroavtobus 13 mart kuni hujumga uchragan. O‘shanda prezident Chubut provinsiyasida yong‘inlardan zarar ko‘rgan hududlarga tashrif buyurgan. Fernandes boshchiligidagi delegatsiya transporti Lago-Puelo shahri orqali harakatlanayotganda provinsiya gubernatori Mariano Archoni ilgari surayotgan loyihaga qarshi namoyishchilar tomonidan o‘rab olingan. Keyinroq namoyishchilar prezident mashinasiga tosh ota boshlashgan va uning oynalaridan birini sindirishgan. Voqea oqibatida hech kimga jabr yetmagan.