Google foydalanuvchilar ma'lumotlarini to‘plagani uchun yirik miqdorda jarima to‘lashi mumkin
Da'voga ko‘ra, Google Chrome brauzerida hattoki inkognito rejimida ham “xabarlarni ushlab qolish, kuzatish va to‘plash”da davom etib, telefon qo‘ng‘iroqlarini tinglash va maxfiylik to‘g‘risidagi qonunlarni buzmoqda.
Google kompaniyasi Chrome brauzerida inkognito rejimida foydalanuvchilarni yashirincha kuzatganligi uchun 5 milliard dollar miqdorida jarima to‘lashi mumkin. Bu haqda IT Security News xabar bermoqda.
2020 yil iyunda kiritilgan da'voga ko‘ra, Google Chrome brauzerida hattoki inkognito rejimida ham “xabarlarni ushlab qolish, kuzatish va to‘plash”da davom etib, telefon qo‘ng‘iroqlarini tinglash va maxfiylik to‘g‘risidagi qonunlarni buzmoqda.
"Sud Google foydalanuvchilarni inkognito rejimidan foydalanayotganida ma'lumotlar to‘plashi haqida ogohlantirmagan", - deyiladi San-Xose okrug sudi hukmida.
Da'vogarlarning ta'kidlashlaricha, ushbu da'vo 2016 yildan buyon internet brauzerida inkognito rejimidan foydalanib kelayotgan millionlab Google foydalanuvchilariga taalluqli. Jamoaviy da'voda har bir foydalanuvchiga 5 ming dollardan tovon to‘lanishi talab qilingan bo‘lib, Google kamida 5 milliard dollar jarimaga tortilishi mumkin.
Kompaniya vakili Xose Kastaneda Google da'vo talablari bo‘yicha norozilik bildirishini aytdi.
Avvalroq Google foydalanuvchilar maxfiyligi to‘g‘risidagi qonunni buzganligi uchun Fransiyada 135 million yevro jarimaga tortilgandi.
Mavzuga oid
20:53 / 21.11.2024
Google o‘zining Gemini chatbotiga foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini eslab qolish funksiyasini qo‘shdi
17:51 / 19.11.2024
Bloomberg: AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome’ni sotishni talab qiladi
22:46 / 18.11.2024
Google pochtani spamlardan himoya qiluvchi yangi funksiyani ishga tushiradi
22:19 / 14.11.2024