Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta'lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimiga o‘zgartirishlar kiritiladi
“Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab akademik litseylar yo‘nalishlari va bloklariga qarab bir pedagog xodimga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativi 1:12 nisbatda belgilanish tartibi joriy etilgani sababli:
a) akademik litseylarda mehnatga soatbay haq to‘lash o‘quv yilida 200 soatdan ortiq bo‘lmagan hajmda:
akademik litsey shtatidagi pedagoglar hamda rahbar xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bajarilgan o‘quv ishlari uchun;
boshqa tashkilotlardan jalb etiladigan pedagoglar va boshqa xodimlar o‘quv ishlari uchun haq to‘lash;
b) o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori qonun hujjatlariga muvofiq belgilanishi;
o‘quv yili mobaynida mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida 200 soatgacha pedagogik ishlarni bajarish o‘rindoshlik hisoblanmasligi;
v) akademik litseylarda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash mablag‘lari akademik litseyning mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘tkaziladigan o‘quv ishlari kutilayotgan hajmiga ko‘ra, shtatdagi pedagoglar va boshqa xodimlar tarkibi mehnatiga haq to‘lash fondi 4 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda, budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilishi;
g) o‘quv yuklamasini bajarish uchun shtatdagi pedagoglar va xodimlar tarkibiga shaxslarni jalb etish imkoniyati bo‘lmagan ayrim holatlarda, akademik litseylarga Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishgan holda xarajatlar smetalarida pedagoglar va xodimlar mehnatiga haq to‘lash uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida o‘quv ishlarini mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘tkazish uchun shaxslarni jalb etish huquqlari berildi.
Akademik litsey va professional ta'lim muassasalari direktor jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini soddalashtirish belgilangan.
Shu munosabat bilan “O‘rta maxsus va professional ta'lim muassasasining direktor jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom” yangi tahrirda ishlab chiqildi.
Nizomga muvofiq, ta'lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog va boshqa toifadagi (barcha lavozimdagi) xodimlarga har oylik ustama belgilash, mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, bunda pedagog va boshqa toifadagi xodimlar lavozim maoshiga har oylik ustama belgilash, mukofotlash va ularga moddiy yordam berish akademik litseylar pedagog va boshqa toifadagi xodimlarining ta'lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va o‘z faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgani uchun hamda respublikada nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan ularga kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshidan ortmagan miqdorda mukofot puli to‘lash ishchi guruhi tomonidan (jamoatchilik fikri va shaffoflik yo‘li bilan) amalga oshirilishi belgilandi.
Qaror loyihasini ishlab chiqishda huzurida akademik litsey mavjud bo‘lgan oliy ta'lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlarining akademik litseylar faoliyatiga oid talab va takliflari o‘rganilgani aytiladi.
Qayd etilishicha, qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning qabul qilinishi akademik litseylarda o‘qitish bilan bog‘liq ta'lim sifatini oshirishga, pedagoglar va xodimlarning muassasa rivojiga qo‘shgan hissasiga qarab mehnatiga munosib haq to‘lashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:16 / 11.07.2026
Prezident ta’lim tizimi bo‘yicha yangi maqsadlarni belgiladi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026