Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya prezidenti mansabdorlarning yer o‘zlashtirish bilan bog‘liq ishlaridan so‘ng korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga va'da berdi
"Odamlarning hafsalasini pir qilgan bunday mojaro yuzaga kelganidan juda afsusdaman", - deb ta'kidladi Mun Chje In.
Koreya prezidenti Mun Chje In davlat yer va uy-joy korporatsiyasi xodimlari yer o‘zlashtirish bilan bog‘liq korrupsion mojaroga aralashib qolganliklaridan afsusdaligini bildirdi.
"Odamlarning hafsalasini pir qilgan bunday mojaro yuzaga kelganidan juda afsusdaman", - deb ta'kidladi Mun Chje In.
U davlat xizmatchilari orasidagi korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga va'da berdi.
"Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq ofatni yo‘q qilish adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi burilish nuqtasi bo‘ladi",- dedi Koreya prezidenti.
Avvalroq yer va uy-joy korporatsiyasining kamida yigirma nafar xodimi poytaxt hududidagi o‘zlashtirilmagan yerlarni o‘zlashtirib olishgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:03 / 24.06.2026
O‘z ishlayotgan tashkilotdagi korrupsiya haqida xabar berganlar himoya qilinadi
18:43 / 24.06.2026
Korrupsiyaga qarshi ichki nazoratchilarning xavfsizligi kafolatlandi
18:32 / 23.06.2026
Katta poraxo‘rlar muddatining oxirigacha “o‘tiradi”
16:35 / 23.06.2026